06:59 01 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Siyosat
Havola olish
877 0 0

Braziliya prezidenti bilan yuz bergan noqulay holat qisqa vaqt ichida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketdi

TOSHKENT, 22 avg - Sputnik. Braziliya prezidenti bilan yuz bergan kulgili voqea videosi internet tarmogʻida yashin tezligida ommalashmoqda.

Braziliya terma jamoasi oʻyinchisi Andre Nasimento. Arxiv surat
© REUTERS / PHIL NOBLE

Kadrlarda aks etishicha, Jair Bolsonaru kap-katta erkakni bola bilan adashtirib qoʻygan. Ayni vaqtga qadar rolik 2,5 millionga yaqin marotaba koʻrilgan.

Gap shundaki, Serjipi shtatidagi elektr stantsiyasi ochilishi marosimida Bolsonaru, bir qarashda mitti bolakayday koʻringan kichkintoyni dast koʻtarib, yelkasiga mindirgan. Aslida esa, bu karliklik dardiga chalingan katta yoshdagi erkak edi.

​Prezidentga nima roʻy berganini tushuntirishganidan soʻng, u erkakni qaytarib, pastga tushirgan va omma orasidan ketishga shoshilgan.

Aytgancha, davlat rahbari yelkasida oʻtirishga muvaffaq boʻlgan erkakni bu holat mutlaqo uyaltirmagan. Aksincha, u juda bundan mamnun edi va tinmay oʻz xursandchiligini yashirmasdi. Ehtimol, u tinmay tabassum ham qilgandir, ammo niqob ortidan bu koʻrinmasa-da, erkakning xushkayfiyatini hatto niqob ham yashira olmagani, rost.

Bolsonaruning oʻzi niqob taqishni yoqtirmaydi. U hatto koronavirus bilan ogʻrigan boʻlsada, ammo infektsiyaga nisbatan hamon bepisand munosabatda. Tibbiyot xodimlari Braziliyada 3,5 milliondan ziyod COVID-19ga chalinganlik holatlarini aniqlaganlar.

Asosiy mavzular