03:42 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Siyosat
Havola olish
177 0 0

Bir necha kun oldin Sindzo Abeye 2012 yildan 2020 yilga qadar Yaponiya bosh vaziri lavozimida eng uzoq muddat davomida boʻlgan kishi sifatida rekord oʻrnatgan edi. 

TOSHKENT, 28 avg – Sputnik. Bosh vazir Sindzo Abe sogʻligi tufayli isteʼfoga chiqmoqchi deb xabar qilmoqda Yaponiyaning NHK telekanali.

Bir necha kun oldin Abe Tokiodagi shifoxonaga tashhis uchun murojaat qilgan va 24 avgust kuni u tashhis natijalarini bilish uchun shifoxonaga yana bir marotaba borgan.

Sindzo Abeda surunkali yazvali kolit kasali bor. Bu yoʻgʻon ichak shilliq qatlamining yalligʻlanishi boʻlib, 2006 yilda isteʼfoga chiqishiga sabab boʻlgan edi.

2012 yilda Abening sogʻligi yaxshilanib u yana bosh vazir lavozimiga saylangan edi. 24 avgust kuni uning ushbu lavozimda ishlash muddati 2799 kunni tashkil qilib Yaponiya premyer-ministri lavozimida eng uzoq ishlagan kishi sifatida rekord oʻrnatgan edi. 

Telekanal xabarigi koʻra, dushanba kuni Abe oʻzining soʻrunkali kasali yana ogʻirlashganidan xabar topgan va isteʼfoga chiqishga qaror qilgan. Bosh vazir aytishiga qaraganda "uning sogʻliq muammolari siyosiy qarorlar qabul qilishga taʼsir qilmasligi uchun". Ushbu kasallik davomida bemor tez-tez kuchli ogʻriqlar his qilishi mumkin. 

Asosiy mavzular