22:56 20 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Siyosat
Havola olish
399 0 0

Prezident taʼkidiga koʻra, belarus hukumati OBSE vakillarini saylovlarga kuzatuvchi sifatida taklif etgan, ammo ular kelmagan. Putinning aytishicha, ushbu holat saylovlar boʻyicha pozitsiya oldindan tayyorlangan, degan fikrga yoʻnaltiradi.

TOSHKENT, 29 avg — Sputnik. Rossiya Belarusda boʻlib oʻtgan prezident saylovlarining qonuniyligini tan oladi, dedi Vladimir Putin jurnalist Sergey Brilevga bergan intervyusida. Suhbatdan parchalar "Rossiya 1" telekanalida namoyish etildi.

Prezident taʼkidiga koʻra, belarus hukumati OBSE vakillarini saylovlarga kuzatuvchi sifatida taklif etgan, ammo ular kelmagan. Putinning aytishicha, ushbu holat saylovlar boʻyicha pozitsiya oldindan tayyorlangan, degan fikrga yoʻnaltiradi.

"Shu bois, biz, saylovlar boʻlib oʻtdi, degan fikrdan kelib chiqamiz. Biz - men buni oʻsha vaqtdayoq amalga oshirdim, saylovlarning qonuniyligini tan oldik. Xabaringiz bor, men Aleksandr Grigoryevich Lukashenkoni ushbu saylovlardagi gʻalaba bilan tabriklagan edi. Bori shu".

Ilgariroq Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko gʻarb mamlakatlarini respublikadagi holatga toʻgʻridan-toʻgʻri aralashuvda hamda yuzaga kelgan vaziyat boʻyicha belarus hukumatini Yevropada xavfsizlik va hamkorlik (OBSE) vakillari bilan muzokaralarga "tortib chiqarishga" urinishda ayblagan edi. YEI ushbu takliflarni qoʻllab-quvvatlagan.

Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov, bu tashabbusga izoh berar ekan, Gʻarbning Ukrainadagi vositachilik urinishlari 2014 yilda qanday yakunlanganini eslatib oʻtdi. Lavrovning aytishicha, oʻshanda "Germaniya, Polsha va Frantsiya tashqi ishlar vazirlari tomonidan bitim imzolanishiga erishilgan", ertasiga esa muxolifat boshqacha qarorga kelgan".

Belarusdagi ommaviy protestlar 9 avgust kuni, prezident saylovlarida oltinchi marotaba Lukashenko gʻalaba qozongach boshlangan edi. MSK maʼlumotlariga koʻra, u 80,1 foiz ovoz olgan. Oppozitsiya saylovlarda Svetlana Tixanovskaya gʻalaba qozondi, deya hisoblaydi. Aktsiyaning ilk kunlarida kuch tuzilmasi xodimlari protest qatnashchilariga nisbatan koʻz yosh chiqaruvchi gaz, vodomet, shovqin granatalari, rezina oʻqlarni ishlatishgan. Soʻngra, huquq tartibot organlari mitinglarni tarqatishni va kuch metodlaridan foydalanishni toʻxtatishdi.

Rasmiy maʼlumotlarga, ilk kunlarda 6,7 mingdan ziyod qoʻlga olingan. IIV xabariga koʻra, tartibsizliklar davomida yuzlab odamlar jabrlangan, jumladan, 120dan ortiq kuch xodimlari ham. Belarus hukumati maʼlumotiga koʻra, uch kishi qurbon boʻlgan.

Asosiy mavzular