02:54 25 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Siyosat
Havola olish
881 0 0

"Qoʻrqitishni va siyosiy motivlar bilan taʼqib qilishni toʻxtatish zarur", - deyiladi qoʻshma bayonot matnida. Hujjat Minskdagi Yevropa ittifoqi vakolatxonasi saytida eʼlon qilingan.

TOSHKENT, 29 avg - Sputnik. Yevropa Ittifoqi, AQSH, Buyuk Britaniya va Shveytsariya diplomatik vakillari oʻzlarining qoʻshma bayonotlarida Belarus hukumati noroziliklar ishtirokchilarini qoʻrqitishni, zoʻravonlikni, va ularni siyosiy motivlar bilan taʼqib qilishni bas qilishga chaqirdi.

Diplomatlar "kuchlar noproportsional qoʻllanilayotgani" haqida taʼkidlab, Belarus hukumatini "oʻz fuqarolariga qarshi zoʻravonlik va harbiy kuchni ishlatishni toʻxtatishga, shuningdek, adolatsiz tarzda hibsga olingan barcha odamlarni zudlik bilan va hech qanday shartlarsiz ozod qilishga" chaqirdilar.

"Qoʻrqitishni va siyosiy motivlar bilan taʼqib qilishni toʻxtatish zarur", - deyiladi qoʻshma bayonot matnida. Hujjat Minskdagi Yevropa ittifoqi vakolatxonasi saytida eʼlon qilingan.

Bayonot mualliflari "insonlarning asosiy huquqlari va erkinliklariga amal qilinishini" talab qilayotgan Belarus aholisi bilan birdam ekanliklarini taʼkidlab oʻtganlar. Gʻarb davlatlari diplomatik vakillari huquqni muhofaza qilish xodimlari tomonidan kuchlarning noproportsional qoʻllanilgani va "jiddiy jarohatlar yetkazilgani borasida koʻplab dalillar mavjudligi" hamda qoʻpol munosabatlar haqida bayonot berishgan.

"Biz Belarus hukumatini inson huquqlari va asosiy demokratik erkinliklarga amal qilish boʻyicha xalqaro majburiyatlarni bajarishga chaqiramiz. Biz aybdorlarni javobgarlikka tortish maqsadida barcha taxminiy jinoyatlar va suiisteʼmollar toʻgʻrisida surishtiruvlar toʻlaligicha va shaffof oʻtkazilishini kutmoqdamiz. Faqat shu orqali milliy ochiq muloqot asosida inqirozni tinch yoʻl bilan hal etish imkoniyatini yaratishi mumkin", - deyiladi matnda.

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko ilgariroq, mamlakatdagi koʻcha protestlari chet eldan, xususan, Polshadan boshqarilayotgani haqida bayonot qilgan edi. Uning soʻzlariga koʻra, "beqaror qoʻshnilar" nafaqat mamlakatdagi takroriy saylovlar haqida ochiqcha gapirmoqda, balki mamlakat ichki ishlariga aralashishga va unga bosim oʻtkazishga harakat qilmoqda.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin yevropaliklar va amerikaliklarga qaraganda Rossiya Belarusdagi voqealarga nisbatan oʻzini ancha bosiq va betaraf tutayotganini taʼkidlagan edi. Rossiya Belarusdagi barcha muammolar tinch yoʻl bilan hal qilinadi degan fikrdan kelib chiqadi, dedi prezident.

Belarusdagi ommaviy protestlar 9 avgust kuni, prezident saylovlarida oltinchi marotaba Lukashenko gʻalaba qozongach boshlangan edi. MSK maʼlumotlariga koʻra, u 80,1 foiz ovoz olgan. Oppozitsiya saylovlarda Svetlana Tixanovskaya gʻalaba qozondi, deya hisoblaydi. Aktsiyaning ilk kunlarida kuch tuzilmasi xodimlari protest qatnashchilariga nisbatan koʻz yosh chiqaruvchi gaz, vodomet, shovqin granatalari, rezina oʻqlarni ishlatishgan. Soʻngra, huquq tartibot organlari mitinglarni tarqatishni va kuch metodlaridan foydalanishni toʻxtatishdi.

Rasmiy maʼlumotlarga, ilk kunlarda 6,7 mingdan ziyod qoʻlga olingan. IIV xabariga koʻra, tartibsizliklar davomida yuzlab odamlar jabrlangan, jumladan, 120dan ortiq kuch xodimlari ham. Belarus hukumati maʼlumotiga koʻra, uch kishi qurbon boʻlgan.

Asosiy mavzular