16:09 27 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Siyosat
Havola olish
427 0 0

Belarusda Rossiya oʻz harbiy bazasini joylashtiradimi, degan savolga javob berar ekan, Peskov bu masala kun tartibidan oʻrin olmaganini taʼkidlagan.

TOSHKENT, 2 sen - Sputnik. Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkilotiga aʼzo istalgan davlatga boʻladigan tashqi tahdid barcha ishtirokchi davlatlar uchun xavf tugʻdiradi, deb xabar qildi RF prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov.

Sputnik Belarus xabariga koʻra, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko agar Ittifoq davlatning gʻarbiy chegarasida "qimirlashsa", Minsk va Moskva qoʻshma qurolli kuchlar uyushmasini ishga solishlari haqida bayonot qilgan.

Belarusda Rossiya oʻz harbiy bazasini joylashtiradimi, degan savolga javob berar ekan, Peskov bu masala kun tartibidan oʻrin olmaganini taʼkidlagan.

Sal oldin RF TIV rahbari Sergey Lavrov, nega Rossiyani Belarusdagi voqealar tashvishga solayotgani haqida toʻxtalar ekan, "Minsk - RFning strategik sherigi" ekanligini qayd etib oʻtgan edi.

Eslatib oʻtamiz, Belarusdagi ommaviy protestlar 9 avgust kuni, prezident saylovlarida oltinchi marotaba Lukashenko gʻalaba qozongach boshlangan edi. MSK maʼlumotlariga koʻra, u 80,1 foiz ovoz olgan. Oppozitsiya saylovlarda Svetlana Tixanovskaya gʻalaba qozondi, deya hisoblaydi. Aktsiyaning ilk kunlarida kuch tuzilmasi xodimlari protest qatnashchilariga nisbatan koʻz yosh chiqaruvchi gaz, vodomet, shovqin granatalari, rezina oʻqlarni ishlatishgan. Soʻngra, huquq tartibot organlari mitinglarni tarqatishni va kuch metodlaridan foydalanishni toʻxtatishdi.

Rasmiy maʼlumotlarga, ilk kunlarda 6,7 mingdan ziyod qoʻlga olingan. IIV xabariga koʻra, tartibsizliklar davomida yuzlab odamlar jabrlangan, jumladan, 120dan ortiq kuch xodimlari ham. Belarus hukumati maʼlumotiga koʻra, uch kishi qurbon boʻlgan.

Asosiy mavzular