13:50 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Siyosat
Havola olish
281 0 0

Rossiya tomoni Berlin tomonidan bildirilayotgan bunday bayonotlardan bexabarligini, Rossiya bu singari maʼlumotlarga ega emasligini maʼlum qilgan.

TOSHKENT, 2 sen —  Sputnik. Germaniya kantsleri Angela Merkel oʻzi "jinoyat qurboni" hisoblovchi Aleksey Navalnыyning zaharlanishi haqidagi xabarni "tashvishli", deya izohladi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Sal oldin Bundesver laboratoriyasi mutaxassislari Alekseya Navalnыy nerv-falaj taʼsiriga ega "Novichok" harbiy moddasi bilan zaharlangani haqida bayonot berishgan edi. GFR Vazirlar mahkamasi YEI va NATOdagi sheriklarni tergov natijalari haqida xabardor etish va qoʻshma munosabat bildirish vaʼdasini bergan edi.

"Aleksey Navalnыy "Novichok" guruhiga mansub nerv-falaj harbiy moddasi yordamida uyushtirilgan hujum qurboniga aylandi. Ushbu ogʻu hech qanday shak-shubhasiz analizlarda aniqlandi. Shu tariqa, Aleksey Navalnыy jinoyat qurboni boʻlgani tasdiqlandi. U jim boʻlishi kerak edi. Men GFR hukumati nomidan buni keskin qoralayman", - degan Merkel.

Kantslerning aytishicha, Berlindagi Rossiya elchisiga koʻrik natijalari haqida xabar berishgan va GFR Rossiya hukumatidan tushuntirish kutayotganini taʼkidlashgan.

"Juda koʻp murakkab savollar paydo boʻldi, ularga faqat Rossiya hukumati javob bera oladi va berishi zarur. Dunyo javoblarni kutmoqda", – degan Merkel.

Rossiya tomoni Alekseya Navalnыy atrofidagi voqealarda Germaniya bilan har tomonlama hamkorlikka tayyorligini bildirgan, Kremlning taʼkidlashicha, oldinroq yuborilgan rasmiy soʻrovlarni Berlin javobsiz qoldirgan.

RAN Yevropa institutlari german tadqiqotlari markazi yetakchi ilmiy xodimi Aleksandr Kamkinga koʻra, GFRning Navalnыy "zaharlanishi haqidagi bayonoti - bu rossiya hukumatiga bosim oʻtkazish maqsadida amalga oshirilayotgan buyurtma dermarshdir. Berlin bu voqeada bajaruvchi rolini bajarayotgan boʻlishi mumkin, ammo shunga qaramay, ayrim siyosiy kuchlar Germaniyadan "Shimoliy oqim2" borasida qarashlarni qayta koʻrib chiqishga undashi mumkin.

"Novichok" ishlab chiqarilishida bevosita ishtirok etgan rossiyalik olim Leonid Rinkka koʻra, Navalnыydagi alomatlar ushbu modda bilan zaharlanishga mutlaqo oʻxshamaydi. Uning fikricha, Navalnыyning "zaharlanishi" voqeasini "Novichok" bilan bogʻlashga urinish aslida siyosiy bemaʼnigarchilikdan boshqasimas, "zaharlanishni" dalillovchi probalar esa Rossiyaga hech qachon taqdim etilmaydi.

Navalnыyning zaharlanishi

20 avgust kuni Tomksdan Moskvaga qarab uchayotgan va ichida Navalnыy boʻlgan samolyot Omskda shoshilinch qoʻnadi. Jamoatchilik vakili samolyot ichida oʻzini yomon his qilgan edi. Uni 1-tez tibbiy yordam kasalxonasiga yetkazishadi, Sogʻliqni saqlash vazirligi mintaqaviy boʻlinmasida bemor reanimatsiyada ekanligi tasdiqlandi.

Navalniy Omsk shifoxonasiga yotqizilganidan soʻng shifokorlar uning qon va siydik analizlarini sinchikovlik bilan oʻrganishgan. Xabarda aytilishiga koʻra 2 kun ichida Omsk shifokorlari 59ta analiz oʻtkazishib hech qanday zahar yoki zahar izlarini topishmagan edi.

Keyinchalik Navalniy xususiy samolyotda Germaniyaning Charite klinikasiga olib ketilgan edi. U yerda shifokorlar dastlabki xulosasiga koʻra, muxolifatchi “xolinesteraza ingibitori turkumidagi modda bilan zaharlangan boʻlishi mumkin” degan dastlabki xulosaga kelishgan edi.

Moskvadagi 1-sonli Milliy kimyo-tibbiyot markazi Jonlantirish boʻlimi boshligʻi Boris Teplыx aytishiga qaraganda nemis shifokorlari aytayotgan versiya Rossiyalik shifokorlar tomonidan birinchi kundayoq tekshirilgan, lekin oʻz tasdigʻini topmagan. Germaniyaliya shifokorlar hozircha zaharlanishning klinik xususiyatlari haqida gapirishmoqda, lekin zaharlovchi moddaning oʻzini topishgani yoʻq.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Navalniy zaharlanishi versiyasini YEI va AQSH tomonidan shoshilinch olgʻa surilishini shubhali, deb atashdi. Rossiya tomoni boʻlib oʻtgan voqealarni sinchkovlik bilan tekshirish tarafdori.

Asosiy mavzular