21:24 20 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Siyosat
Havola olish
81600

Ilgariroq OAVlar, agar Moskva Belarusdagi voqealarga aralashish maqsadida kuch ishlatsa, AQSH Rossiyaga qarshi qoʻshimcha sanktsiyalar kiritishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.

TOSHKENT, 3 sen — Sputnik. Agar Moskva Belarusdagi vaziyatga kuch bilan aralashsa, Rossiya va AQSH munosabatlari yomonlashadi, deb bayonot qildi Davlat kotibining Yevropa va Yevroosiyo masalalari boʻyicha yordamchisi oʻrinbosari Jorj Kent.

"Vashington, Moskva va Venada oʻtkazilgan muzokaralar vaqtida oʻz pozitsiyamizni Rossiya tomoniga yetkazdik. Agar ular Amerika - Rossiya munosabatlari oxirgi toʻrt yil davomida murakkab kechgan boʻlsa, bundan keyin yanada yomonlashadi", - deya tushuntirdi diplomat.

Kent, Belarusda yuzaga kelgan holat - "bu Sharq va Gʻarb yoki AQSH va Rossiya oʻrtasidagi geosiyosiy musobaqa emasligini", balki respublika hukumati va fuqarolar hal etishi lozim boʻlgan muammo ekanligini qoʻshimcha qildi. Siyosatchiga koʻra, Belarus uchun bu sharoitda faqatgina YEXHT (Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotigina) "tabiiy vositachi" boʻlishi mumkin.

Ilgariroq OAVlar, agar Moskva Belarusdagi voqealarga aralashish maqsadida kuch ishlatsa, AQSH Rossiyaga qarshi qoʻshimcha sanktsiyalar kiritishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.

Belarusdagi vaziyat

Belarusdagi ommaviy protestlar 9 avgust kuni, prezident saylovlarida oltinchi marotaba Lukashenko gʻalaba qozongach boshlangan edi. MSK maʼlumotlariga koʻra, u 80,1 foiz ovoz olgan. Oppozitsiya saylovlarda Svetlana Tixanovskaya gʻalaba qozondi, deya hisoblaydi. Tixanovskayaning oʻzi mamlakatni tark etishga qaror qildi va Litvaga yoʻl oldi.

Aktsiyaning ilk kunlarida kuch tuzilmasi xodimlari protest qatnashchilariga nisbatan koʻz yosh chiqaruvchi gaz, vodomet, shovqin granatalari, rezina oʻqlarni ishlatishgan. Soʻngra, huquq tartibot organlari mitinglarni tarqatishni va kuch metodlaridan foydalanishni toʻxtatishdi.

Rasmiy maʼlumotlarga, ilk kunlarda 6,7 mingdan ziyod qoʻlga olingan. IIV xabariga koʻra, tartibsizliklar davomida yuzlab odamlar jabrlangan, jumladan, 120dan ortiq kuch xodimlari ham. Belarus hukumati maʼlumotiga koʻra, uch kishi qurbon boʻlgan.

Asosiy mavzular