02:17 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Siyosat
Havola olish
369 0 0

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov oʻzbekistonlik hamkasbi Abdulaziz Kamilov bilan telefon orqali muloqot qildi.

TOSHKENT, 3 sen — Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi rahbari Abdulaziz Kamilov bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Rossiya TIV matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Taʼkidlanishicha, tomonlar oliy va yuqori darajalardagi, jumladan, Oʻzbekiston raislik qilayotgan Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi shaklidagi hamda Rossiya raisligida SHHT doirasidagi qoʻshma tadbirlarga tayyorgarlik jarayoniga eʼtibor qaratdilar.

Vazirlar, shuningdek, bu yilgi uchrashuvlar doirasidagi har ikki tomonning vazifalarini ham belgilab olishdi: Oʻzbekiston va Rossiya hukumatlari rahbarlari darajasidagi Qoʻshma komissiya ikkinchi majlisi va ikki davlat oʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiyaning 21-yigʻilishi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekiston va Rossiya TIV rahbarlari hamkorlik istiqbollarini muhokama qilgani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular