Lukashenko Navalniyni nima uchun "zaharlashganini" aytib berdi - video

© Sputnik / Mediabankka o‘tishVizit predsedatelya pravitelstva RF M. Mishustina v Minsk
Vizit predsedatelya pravitelstva RF M. Mishustina v Minsk - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda unda Aleksey Navalniy zaharlanganini inkor qiluvchi dalillar borligini ma’lum qildi. 

TOShKENT, 3 sen - Sputnik. Lukashenko aytishiga qaraganda, Belarus radioelektron harbiy razvedkasi Polsha va germaniyalik ikki abonent orasida bo‘lib o‘tgan suhbatni yozib olgan. Unda ma’lum bo‘lishicha Navalniyni hech kim zaharlamagan.

Boysi OMONa na aksii protesta storonnikov oppozitsii v Minske - Sputnik O‘zbekiston
"Oqibati yomon bo‘ladi": AQSh Rossiyani Belarusdagi voqealarga aralashmaslikka chaqirdi

Eslatib o‘tamiz, biroz oldin Germaniya kansleri Angela Merkel rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniyni go‘yoki "og‘zini yopish uchun "Novichok" turkumidagi modda bilan zaharlangan bo‘lishi mumkinligini" e’lon qilgan edi. 

Lukashenko aytishiga ko‘ra, Navalniyni hech kim zaharlamagan. 

"Bu soxtalashtirish. Navalniyni hech kim zaharlamagan. Mutaxassislar Merkel ma’muriyati uchun faktlar, balki kansler o‘qib eshittirgan bayonotning o‘zini ham tayyorlashgan. 

Men sizga ushbu suhbatdan sitata keltiraman. Ular bu ishni "Putinda Belarus ishlariga aralashish istagi paydo bo‘lmasligi uchun" amalga oshirishgan. Tasavvur qilayapsizmi, bu odamlar qanchalik iyezuitlardek harakat qilmoqda?" - deydi Belarus yetakchisi.   

Biz bugun-erta ushbu audio yozuvni va matnlarning barchasini Rossiya FXXsiga yetkazamiz. Ustiga-ustak, ular "Navalniy zaharlanishi"dan yaqinda Rossiya hududlarida bo‘lib o‘tishi kutilayotgan saylovlarda ham foydalanishmoqchi. 

*Iyezuitlar – O‘rta asrlarda katolik cherkovida paydo bo‘lgan diniy mazhablardan biri bo‘lib, ular Yevropa tarixida o‘zlarining o‘ta shafqatsiz qiynoqlari va qatl uslublari bilan esda qolgan. 

Yangiliklar lentasi
0