03:01 25 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Siyosat
Havola olish
410 0 0

Oq uy rahbari, shuningdek, hozircha Rossiya Navalnыy zaharlanishiga aloqador boʻlishi mumkinligi yuzasidan dalillarga ega emasligini qayd etgan. Shu bilan birga, agar Rossiya yuz bergan voqeaga aloqador ekani oʻz tasdigʻini topsa, u "juda gʻazablanishi"ni qoʻshimcha qilgan.

TOSHKENT, 5 sen - Sputnik. Qoʻshma Shtatlar bloger Aleksey Navalnыy atrofidagi voqealarni diqqat bilan oʻrganadi, AQSH prezidenti Donald Tramp xuddi shunday bayonot bilan chiqish qildi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

"Oʻylaymanki, agar shu rost boʻlsa, biz buni jiddiy koʻrib chiqishimiz kerak. Oʻylaymanki, biz shunday qilamiz", - deb aytgan u Navalnыy "zaharlangani" haqidagi savolga javob berar ekan.

Oq uy rahbari, shuningdek, hozircha Rossiya Navalnыy zaharlanishiga aloqador boʻlishi mumkinligi yuzasidan dalillarga ega emasligini qayd etgan. Shu bilan birga, agar Rossiya yuz bergan voqeaga aloqador ekani oʻz tasdigʻini topsa, u "juda gʻazablanishi"ni qoʻshimcha qilgan.

"Rossiyaga nisbatan hech kim menday oʻta qattiqqoʻl boʻlmagan", - degan prezident Navalnыy atrofidagi voqealarga AQSH qanday javob qaytarishi lozim, degan savolga javob berar ekan.

Amerika yetakchisi nemis hukumatining blogerga nisbatan chiqargan xulosasiga ishonishini aytgan, ammo AQSH hozircha bu maʼlumotlarni oʻz koʻzi bilan koʻrmaganini taʼkidlagan. Tramp Berlin yaqinda shu munosabat bilan Rossiyaga qarshi qabul qilishni rejalashtirayotgan choralarga qarshilik koʻrsatmasligini ham qoʻshimcha qilgan.

Sal oldin Germaniya hukumati bloger goʻyoki "Novichok" guruhiga mansub janovar nerv-falaj moddasi bilan zaharlangani haqida maʼlum qilgan edi. Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel shu munosabat bilan sanktsiya kiritilishi mumkinligini istisno qilmadi.

Rossiya prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov rossiyalik ekspertlar ham turli versiyalarni koʻrib chiqishgani, ammo Navalnыy organizmida zaharlovchi moddani aniqlay olishmagani haqida eslatib oʻtgandi. Rossiya TIV AQSH va Yevropa ittifoqi tomonidan shoshilinch ravishda dastak qilib olinayotgan ushbu teoriyani shubhali, deya atamoqda. Diplomatlarning aytishicha, zaharlanish haqidagi bayonotlar oldindan tayyorlab qoʻyilgan "javob choralarini" asoslash uchun qoʻllanilayotgan boʻlishi ehtimoldan holi emas.

"Novichok" moddasini ishlab chiqishda ishtirok etgan olim Leonid Rink RIA Novostiga Navalnыydagi kasallik alomatlari ushbu toksin bilan zaharlanishda yuz berishi mumkin boʻlgan simptomlarga oʻxshamasligini aytgan.

Navalnыyning kasalxonaga yotqizilishi

Navalnыy 20 avgust kuni samolyotda oʻzini yomon his qilganidan soʻng Omskdagi kasalxonalarning biriga yotqizilgan edi. Koʻrik yakuniga koʻra, omsklik shifokorlar asosiy tashxis sifatida qonda qand miqdorining keskin pasayishiga sabab boʻlgan moddalar almashinuvi buzilishini koʻrsatishgan. Bunga nima sabab boʻlgan - hozircha nomaʼlum. Omsklik shifokorlar maʼlumotlariga koʻra, Navalnыy qonida va peshobida zaharlar aniqlanmagan.

Sal keyin muxolifatchi samolyotda Germaniyaga olib ketildi. Navalnыy kasalxonaga yotqizilgan kunning oʻzidayoq prokuratura va politsiya tekshiruvlarni boshlab yuborishgan. Dmitriy Peskov Rossiya ushbu holatga oydinlik kiritishdan manfaatdorligini va shuni istashini, ammo buning uchun Germaniyadan maʼlumotlar taqdim etilishi zarurligini maʼlum qilgan.

Asosiy mavzular