22:19 20 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Siyosat
Havola olish
15611

SHHT, MDH va KXSHT mamlakatlari mudofaa vazirlari terrorizmga qarshi kurash boʻyicha hamkorlikni kengaytirish borasida kelishib oldilar.

TOSHKENT, 6 sen — Sputnik. SHHT, MDH va KXSHT mamlakatlari mudofaa vazirlari terrorizmga qarshi kurash boʻyicha hamkorlikni kengaytirish borasida kelishib oldilar. “Kavkaz-2020” mashgʻulotlari doirasida ilk marta hamkorlikda harbiy mashgʻulotlar oʻtkaziladi. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

“Sentyabr oxirida “Kavkaz-2020” strategik qoʻmondonlik-shtab mashgʻulotlarida terrorizmga qarshi kurash boʻyicha hamkorlikdagi vazifalar taklif qilindi", - dedi Shoygu SHHT, MDH va KXSHT mamlakatlari mudofaa vazirlari yigʻilishi yakunida.

Shoyguning soʻzlariga koʻra, mudofaa vazirlari terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashni ustuvor vazifa deb eʼlon qilishgan.

Shuningdek, yigʻilishda biologik xavfsizlikka, jumladan, mintaqaga mansub boʻlmagan davlatlarning harbiy-biologik faoliyati bilan bogʻliq tahdidlarga qarshi oʻzaro koʻmaklashish boʻyicha ehtimoliy choralar muhokama qilingan.

Hozircha dastlabki oʻquv mashgʻulotlari qanday shaklda oʻtkazilishiga aniqlik kiritilmagan.

Asosiy mavzular