02:10 25 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Siyosat
Havola olish
189 0 0

Tashrif davomida Oʻzbekiston delegatsiyasi Moskva shahrida qator ikki tomonlama uchrashuvlarni oʻtkazishni rejalashtirmoqda.

TOSHKENT, 7 sen — Sputnik. Oʻzbekiston delegatsiyasi Shanxay hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirliklari kengashining (SHHT TIVK) 9-10 sentyabr kunlari Moskvada boʻlib oʻtadigan yigʻilishida ishtirok etadi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qilmoqda.

“2020 yilning 9-10 sentyabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Moskva shahrida boʻlib oʻtadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining yigʻilishida ishtirok etadi”, - deyilgan xabarda.

Taʼkidlanishicha, tashqi siyosat idoralari rahbarlari boʻlajak SHHT sammitiga tayyorgarlik bilan bogʻliq masalalarni muhokama qiladilar hamda dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolar boʻyicha fikr almashadilar.

Tashrif davomida Oʻzbekiston delegatsiyasi Moskva shahrida qator ikki tomonlama uchrashuvlarni oʻtkazishni rejalashtirmoqda.

Asosiy mavzular