14:02 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Siyosat
Havola olish
86 0 0

Oʻzbekiston prezidenti doʻst Tojikiston xalqiga esa tinchlik-omonlik, farovonlik va doimiy taraqqiyot tiladi.

TOSHKENT, 9 sen — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonni Mustaqillik kuni bilan tabrikladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qilmoqda.

“Davlatimiz rahbari Tojikiston Prezidentiga sihat-salomatlik, oilaviy baxt-saodat va masʼuliyatli davlat lavozimidagi faoliyatida yangi yutuqlar, doʻst Tojikiston xalqiga esa tinchlik-omonlik, farovonlik va doimiy taraqqiyot tiladi”, - deyilgan xabarda.

Bugun Tojikistonda Mustaqillikning 29 yilligi nishonlanmoqda. Koronavirus pandemiyasi sabab keng ommaviy tadbirlar va kontsert dasturlari bekor qilingan.

Asosiy mavzular