19:57 22 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Siyosat
Havola olish
99 0 0

Respublika afgʻonlararo muzokaralarning keyingi bosqichlaridan birini Samarqand shahrida oʻtkazishga tayyorligini bildirdi.

TOSHKENT, 10 sen — Sputnik. Oʻzbekiston hukumati afgʻonlararo muzokaralarning keyingi bosqichlaridan birini Samarqand shahrida oʻtkazishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qilmoqda.

9 sentyabr kuni “Oʻzbekiston-AQSH-Afgʻoniston” uch tomonlama hamkorlik mexanizmining Siyosat boʻyicha quyi qoʻmitasi birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Delegatsiyalarga Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Furqat Sidiqov, AQSH davlat kotibining Afgʻoniston boʻyicha yordamchisi oʻrinbosari Nensi Jekson, Afgʻoniston tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Mirvays Naab rahbarlik qildi. 

“Uchrashuv ishtirokchilari afgʻonlararo muzokaralarning birinchi doirasini Doha shahrida (Qatar) oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarorni mamnuniyat bilan qoʻllab-quvvatladi. Oʻzbekiston tomoni muzokaralarning keyingi bosqichlaridan birini Samarqand shahrida oʻtkazishga tayyorligini bildirdi”, - deyilgan xabarda.

Tomonlar Afgʻoniston uchun Keng qamrovli tinchlik dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish zarurligini bildirib, u mintaqaviy va global yondashuv asosida tayyorlanishi muhimligi taʼkidladi.

Ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarni koʻlamini oshirish, transport-kommunikatsiya, infratuzilma va investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish hamda Afgʻoniston iqtisodiyotini izchil rivojlanishiga koʻmaklashishning muhimligi qayd etildi. 

Avvalroq RIA Novosti oʻz manbalariga tayanib, Afgʻoniston hukumati delegatsiyasi “Tolibon”* bilan afgʻonlararo muzokaralarni boshlashga tayyorgarlikni yakunlaganini xabar qilgan edi. Delegatsiya aʼzolari Qatar poytaxti Dohaga joʻnab ketishlari kerak edi, ammo ularning safari qoldirilgan edi.

Toliblarning rasmiy vakili Zabiulla Mujahid harakat Afgʻoniston hukumati bilan muzokaralarda ishtirok etish uchun delegatsiya shakllantirgani va u 21 kishidan iborat ekanini maʼlum qilgan edi.

2020 yil fevral oyi oxirida Qatarda AQSH va “Tolibon”* radikal harakati 18 yillik urushdan soʻng tinflik bitimini imzoladi. Bitim chet el qoʻshinlarini 14 oy ichida Afgʻonistondan olib chiqilishi va asirlar bilan almashish yakunlangandan keyin afgʻonlararo muloqot boshlanishini nazarda tutadi.

Iyul oyiga kelib ushbu bitim doirasida amerika harbiylari Afgʻonistondagi beshta bazani tark etdi. Keyinchalik Afgʻonistonning Maslahat Loya jirgʻasi aʼzolari 400 nafar mahbus toliblarni ozod qilish toʻgʻrisidagi qaror qabul qildi va bu toliblarning afgʻonlararo muzokalarni boshlashga qoʻygan shart edi.

* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti

Asosiy mavzular