22:44 24 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Siyosat
Havola olish
367 0 0

Suhbat davomida Oʻzbekiston-Rossiya kun tartibining asosiy masalalari hamda ayrim xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, RFda boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolari uchun munosib sharoitlarni yaratish masalasiga alohida toʻxtalindi.

TOSHKENT, 11 sen - Sputnik. 2020 yilning 10-sentyabr kuni SHHTga aʼzo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining majlisida ishtirok etish uchun Moskva shahriga kelgan Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashdi.

Suhbat davomida Oʻzbekiston-Rossiya kun tartibining asosiy masalalari hamdaayrim xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashildi.

Tomonlar izchil mustahkamlanayotgan va hamkorlikning yangi shakllariga ega boʻlayotgan koʻp qirrali ikki tomonlama munosabatlarni yuqori surʼatlarda rivojlanayotganidan mamnun ekanliklarini maʼlum qildilar.

Turli daraja va shakllarda, jumladan Oʻzbekistonning MDHdagi raisligi doirasida boʻlib oʻtadigan ikki tomonlama va koʻp tomonlama tadbirlarning tashkiliy jihatlari muzokaralarning alohida mavzusi boʻldi.

Uchrashuvda savdo-iqtisodiy va investitsiya aloqalarini faollashtirish boʻyicha amaliy takliflarni koʻrib chiqildi. Tashqi siyosat idoralari rahbarlari ikki mamlakat hukumatlari tomonidan pandemiya sharoitida ushbu yoʻnalishdagi faollikning pasayishiga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha koʻrilayotgan choralarni ijobiy baholadilar.

Madaniy-gumanitar sohada, ilm-fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash yoʻnalishlarda qoʻshma loyihalarni amalga oshirishda hamkorlik qilish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Shuningdek, mehnat faoliyati bilan bogʻliq ravishda Rossiya Federatsiyasida boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolari uchun munosib sharoitlarni yaratish masalasiga alohida toʻxtalindi.

Vazirlar oliy va yuqori darajadagi aloqalar doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayonlarini ham muhokama qildilar.

Asosiy mavzular