23:30 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Siyosat
Havola olish
Afgʻoniston: 30 yil tinchlik ilinjida (58)
229 0 0

Oʻzbekiston Afgʻoniston Hukumati va "Tolibon" Harakati oʻrtasida inklyuziv muzokaralar boshlanganini olqishlaydi, deya bayonot berdi mamlakat Tashqi ishlar vazirligi.

TOSHKENT, 12 sen - Sputnik. "Tolibon" harakati delegatsiyasi Qatarda oʻtkaziladigan afgʻonlararo muzokaralarga yetib keldi. Ayni vaqtda muzokaralarning ochilish marosimi oʻtkazilmoqda.

Oʻzbekiston Qatar poytaxti Doha shahrida Afgʻoniston Hukumati va "Tolibon" Harakati oʻrtasida inklyuziv muzokaralar boshlanganini olqishlashi haqida rasmiy bayonot eʼlon qildi.

TIV afgʻonlararo muloqot oʻt ochishni barqaror toʻxtatishga olib kelishi va natijada mamlakatda mustahkam va uzoq muddatli tinchlikni oʻrnatish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratilishiga umid bildirgan.

"Oʻzbekiston "siyosiy jarayonlar faqat afgʻonlar tomonidan va Afgʻoniston xalqi rahbarligida olib borilishi lozim", degan asosiy tamoyilga sodiq qoladi", - deyiladi bayonot matnida.

Voyennoslujaщiye armii SSHA v Afganistane
© Flickr / Program Executive Office Soldier

Shuningdek, Oʻzbekiston tomonlarning milliy yarashuvga erishish yoʻlidagi saʼy-harakatlari va intilishlarini bundan keyin ham qoʻllab-quvvatlaydi hamda doʻst Afgʻoniston xalqiga barqaror va farovon davlat barpo etishda har tomonlama yordam koʻrsatishda davom etishini qoʻshimcha qilgan.

Fevral oyi oxirida Qatarda boʻlib oʻtgan marosimda AQSH va "Tolibon" radikal xarakati 18 yildan ortiq davom etgan urushdan soʻng birinchi marta tinchlik bitimini imzolagan edi. Kuni kecha AQShning Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Zalmay Xalilzod AQSH bir-ikki oydan soʻng Afgʻonistondagi harbiy kontingenti sonini 4,5 ming nafargacha qisqartirishi haqida maʼlum qildi.

Mavzu:
Afgʻoniston: 30 yil tinchlik ilinjida (58)

Asosiy mavzular