YeTTB sobiq prezidenti Shavkat Mirziyoyevga maslahatchi bo‘ladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev prinyal prezidenta Yevropeyskogo banka rekonstruksii i razvitiya Sumu Chakrabarti.
Shavkat Mirziyoyev prinyal prezidenta Yevropeyskogo banka rekonstruksii i razvitiya Sumu Chakrabarti. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
8 yil davomida Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankiga rahbarlik qilgan Suma Chakrabarti O‘zbekiston prezidentiga maslahatchi etib tayinlanishi kutilmoqda.

TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining (YeTTB) sobiq rahbari Suma Chakrabarti O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlanishi kutilmoqda. Bu haqda YeTTB sobiq prezidenti Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi. 

Shavkat Mirziyoyev provel onlayn peregovori s glavoy YeTTB - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev ETTB prezidenti bilan onlayn muzokara o‘tkazdi

“O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev meni iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlayotganidan bag‘oyatda xursandman. Unga islohotlar dasturini amalga oshirishda yordam berishdan mamnun bo‘lamiz”,  - deya yozgan Chakrabarti.

Suma Chakrabarti avvalroq Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayevga ham maslahatchi etib tayinlangan edi.  

U 2012-yil iyul oyidan 2020-yil iyul oyiga qadar YeTTB prezidenti lavozimida faoliyat yuritgan edi.

Joriy yilda Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoni bilan Suma Chakrabarti “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlangan edi.

Yangiliklar lentasi
0