22:31 24 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Siyosat
Havola olish
407 0 0

Pokiston vakili Hindistonning bir qismi oʻz hududiga kiritilgani aks etgan xaritani koʻrsatganidan soʻng Hindiston vakili SHHT uchrashuvini tark etdi. 

TOSHKENT, 16 sen - Sputnik. SHHT aʼzolarining milliy xavfsizlik vakillari uchrashuvi vaqtida Hindiston vakili norozilik ramzi sifatida majlislar zalini tark etdi. Ushbu hodisa Pokiston delegatsiyasi oʻz mamlakatining yangi xaritasini namoyish etganidan soʻng sodir boʻldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti. 

"Ushbu namoyish majlik oʻtkazish normalarini buzish va uchrashuv tashkilotchisi tomonidan berilgan maslahatni mutlaq mensimaslikni namoyish etdi.Qabul qiluvchi tomon bilan oʻtkazilgan maslahatlardan soʻshng Hindiston tomoni norozilik namoyishi sifatida uchrashuvni ushbu bosqichda tark etdi", - deyilgan Hindiston tashqi ishlar vazirligi bayonotida. 

Eslatib oʻtamiz, avgust oyida Pokiston yangi bosh vzairi Imran Xan mamlakatning yangi xaritasini taqdim etgan edi. Unda Hindistonning Jamma va Kashmir shtatlari hamda Junagad shahri Pokiston tarkibiga qoʻshilgan holda aks ettirilgan. Hindiston ushbu namoyishni hech qanday yuridik kuch va xalqro obroʻga ega boʻlmagan "siyosiy bemaʼnilik namoyishi" deb atagan edi.  

2019 yilning 5 avgustida Hindiston hukumati Jamma va Kashmir shtatlarini konstitutsiya tomonidan belgilangan maxsus maqomini oʻzgartirishga qaror qilgan edi. Ushbu qaror Pokiston hukumatining keskin eʼtiroziga sabab boʻldi. 

Maʼlumot uchun, Hindistonning Kashmir shtati aholisining aksariyati musulmonlar tashkil qiladi. U yerda separatistlar harakati faolligida Dyu Deli  Pokiston hukumatini ayblamoqda. Islamabad esa ayblovlarni inkor etib kelmoqda. 

 

Asosiy mavzular