22:10 20 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Siyosat
Havola olish
44700

“Oʻktamjon olijanob, zabardast, fidoyi, vatanparvar, oʻrnak olishga arzigulik inson edi”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

TOSHKENT, 21 sen — Sputnik. Oʻzbekiston bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari, Oliy Majlis Senati aʼzosi Oʻktam Barnoyev 20 sentyabr kuni ogʻir xastalik tufayli vafot etgan edi.

Chlen Senata Oliy Majlisa Uktam Barnoyev
Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Chlen Senata Oliy Majlisa Uktam Barnoyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev 21 sentyabr kuni taʼziyali xonadonga tashrif buyurdi. Qurʼon tilovat qilindi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev posetil dom pokoynogo Uktama Barnoyeva  i vыrazil soboleznovaniya yego materi, supruge i detyam
Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Prezident Shavkat Mirziyoyev posetil dom pokoynogo Uktama Barnoyeva i vыrazil soboleznovaniya yego materi, supruge i detyam

Davlat rahbari bugun marhumning onasi, rafiqasi va farzandlariga hamdardlik bildirib, sabr-toqat tiladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev posetil dom pokoynogo Uktama Barnoyeva  i vыrazil soboleznovaniya yego materi, supruge i detyam
Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Prezident Shavkat Mirziyoyev posetil dom pokoynogo Uktama Barnoyeva i vыrazil soboleznovaniya yego materi, supruge i detyam

“Oʻktamjon olijanob, zabardast, fidoyi, vatanparvar, oʻrnak olishga arzigulik inson edi, – dedi Shavkat Mirziyoyev. – Bosh vazir paytlarimda ham birga ishladik. Gapirmasam ham meni tushunardi. Bir insonning tarbiyalanib, shunday kadr boʻlib yetishishi oson emas. Ayniqsa, oxirgi paytlar ogʻir sohani berib, koʻnglim tinchib, koʻp ishlarni boshlagan edik. Bu ofat butun dunyoga keldi. Qoʻlimizdan kelgan hamma narsani qildik. Lekin oʻlim haq. Allohning irodasi ekan. Bu hammamizga musibat. Joyi jannatda boʻlsin!”

Prezident marhumning oilasi, farzandlari doimiy eʼtiborda boʻlishini taʼkidladi.

Asosiy mavzular