19:12 21 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Siyosat
Havola olish
51 0 0

Dushanbe shahrida Oʻzbekiston va Tojikiston parlamentlararo hamkorlik guruhlarining ishchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

TOSHKENT, 22 sen — Sputnik. Oʻzbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikeri oʻrinbosari Ulugʻbek Inoyatov boshchiligidagi parlament delegatsiyasining Tojikistonga tashrifi doirasida kuni ikki mamlakat parlamentlararo hamkorlik guruhlarining ishchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Senat matbuot xizmati xabariga koʻra, unda har ikki mamlakat ham oʻz taraqqiyotining yangi bosqichida ekanligi, doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilik aloqalarini jadal rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar mavjudligi qayd etildi.  

Yigʻilishda mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash, Markaziy Osiyoni xavfsiz, barqaror yaxshi qoʻshnichilik mintaqasiga aylantirish masalalari ham muhokama qilindi.

Oʻzbekiston parlamenti aʼzolarining Tojikistonga tashrifi davom etmoqda.

Asosiy mavzular