13:44 23 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Siyosat
Havola olish
118060

Ikkinchi jahon urushi yakunlarining oʻzboshimchalik bilan sharhlash singari siyosiy urinishlar kaltabinlikdir va urushdan keyingi dunyo tartiboti asoslariga putur yetkazadi, deya taʼkidladi Putin oʻz chiqishida.

TOSHKENT, 22 sen - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin BMT Bosh assambleyasida nutq soʻzladi va tashkilot nizomining ahamiyati haqida eslatib oʻtdi.

BMT oʻz vazifasini munosib bajarmoqda, dedi Putin

Putin 2020 yilda dunyo Ikkinchi jahon urushi yakuni va BMT tashkil topganining 75 yilligini nishonlayotganini eslatib oʻtdi.

"BMT nizomi xalqaro huquqning bosh manbai boʻlib qolmoqda, oʻtgan yillar esa Tashkilot "tinchlikni saqlash, xalqlar va mintaqalarning barqaror rivojlanishi hamda mahalliy inqirozlarni yengib oʻtishda yordam yordam berish singari oʻzining bosh missiyasini munosib amalga oshirayotganini koʻrsatdi", - dedi Putin.

Rossiya yetakchisi BMT bugungi kun realliklariga moslashishi zarurligini qoʻshimcha qildi.

Pandemiya vaqtida insonparvarlik tanqisligi

Pandemiya vaqtida davlatlararo darajada insonparvarlik tanqisligi holatlari uchradi, BMT oʻz obroʻyini ishlatishi kerak, deb hisoblaydi RF yetakchisi Vladimir Putin.

"Koʻplab mamlakatlar hech qanday manfaatsiz va ochiqchasiga bir-biriga yerdam berishdi va yordam berib kelishmoqda. Ammo, shunday holatlar boʻldiki, davlatlararo, rasmiy darajalarda insonparvarlik, xohlang, yaxshilik, deb ayting, tanqisligi oʻzini koʻrsatdi. Fikrimizcha, BMT obroʻyi koʻpyoqlama va ikkiyoqlama munosabbatlarda insonparvarlik, odamgarchilik rolini mustahkamlash va oshirishga xizmat qila olar edi.Bu jamoatchilik va yoshlar almashinuvi, madaniy aloqalar, ijtimoiy va taʼlim dasturlari, sport, ilmiy texnologiyalar, atrof-muhit va odamlar salomatligini muhoqaza qilish sohalaridagi kooperatsiyalardir", - dedi Putin.

Tarixni soxtalashtirishga urinish haqida

Ikkinchi jahon urushi yakunlarining oʻzboshimchalik bilan talqin qilish singari siyosiy urinishlar kaltabinlikdir va urushdan keyingi dunyo tartiboti asoslariga putur yetkazadi, deya taʼkidladi Putin oʻz chiqishida.

"Tarix saboqlarini unutish kaltabinlik va oʻta masʼuliyatsizlikdir, xuddi Ikkinchi jahon urushi sababi, borishi va yakunlarini oʻzboshimchalik bilan, faktlarga emas, balki uydirmalarga tayangan holda siyosiylashtirib talqin qilishga urinish singari. Ittifoqdoshlar anjumani va Nyurnberg tribunali qarorlarini boshqachalashtirish - bu shunchaki tubanlik va natsizmga qarshi kurashganlar xotirasi oldida jinoyat. Bu urushdan keyingi dunyo tartiboti asoslariga toʻgʻridan-toʻgʻri va qaqshatkich zarba berish bilan teng", - dedi Putin.

Bu ayniqsa, global barqarorlik jiddiy sinovlarga duch kelayotgan bir sharoitda juda xavfli, deya qoʻshimcha qildi RF prezidenti.

Yashil yoʻlaklar haqida

Rossiya Federatsiyasining savdo, shu jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari uchun moʻljallangan va savdo urushlari va sanktsiyalardan xoli "yashil yoʻlaklar" haqidagi taklifi ayniqsa shu nihoyatda dolzarbdir, deb xabar qildi Vladimir Putin.

"Rossiyaning savdo urushlari va sanktsiyalaridan xoli boʻlgan, birinchi navbatda pandemiyaga qarshi kurashishda zarur boʻlgan muhim tovarlar, oziq-ovqat, dori-darmon vositalari, shaxsiy himoya vositalari uchun zarur boʻlgan "yashil yoʻlaklar" deya nomlanuvchi taklifiga eʼtibor qaratishlaringizni istardim. Va umuman olganda, jahon savdosini toʻsiqlar, taʼqiqlar, cheklovlar, noqonuniy sanktsiyalardan tozalash, ozod qilish global oʻsishni tiklash va ishsizlikni kamaytirish uchun yaxshi yordam boʻlishi mumkin edi ", dedi Putin BMT Bosh assambleyasining 75-sessiyasidagi soʻzlagan nutqi davomida.

Kiberxavfsizlik muammosi

Putin raqamli texnologiyalarning ekstremist va terrorchilar qoʻliga tushishi mumkinligi, shu bois, kiberxavfsizlik muammosi eʼtiborga molikligi xususida ogohlantirdi.

"Har qanday boshqa innovatsiyalar singari raqamli texnologiyalar boshqarib boʻlmas tarqalish xususiyatiga ega. Xuddi oddiy qurol singari u nafaqat mintaqaviy mojarolar zonasi, balki oʻziga toʻq farovon mamlakatlarda turli xil radikal va ekstremistlar qoʻliga tushishi va bu orqali ulkan xatarlarni yuzaga keltirishi mumkin", - dedi Putin.

Putinga koʻra, shu munosabat bilan kiberxavfsizlik masalalari, eng old raqamli texnologiyalarni qoʻllash mavzulari BMT maydonida eng jiddiy muloqot olib borishga loyiq. Yangi davrda odamlar huquqlari va shaxsiy hayotga boʻlgan huquqlari qay darajada himoyalangan boʻladi, bu borada odamlarni eshitish, ular xavfsirayotgan narsalarni tushunish muhim", - dedi Putin.

Asosiy mavzular