12:54 25 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Siyosat
Havola olish
121 0 0

Samarqandda Qozogʻiston bosh konsulligi ochilishi toʻgʻrisidagi qaror prezident Qosim-Jomart Toqayev tomonidan imzolangan.

TOSHKENT, 23 sen — Sputnik. Samarqandda Qozogʻiston bosh konsulligi ochilishi toʻgʻrisidagi qaror prezident Qosim-Jomart Toqayev tomonidan imzolangan.

"Samarqandda (Oʻzbekiston Respublikasi) Qozogʻiston Respublikasi bosh konsulligini ochish toʻgʻrisida qaror qilaman. Qozogʻiston Respublikasi hukumati ushbu qarordan kelib chiqqan holda zarur choralarni koʻrishi lozim", - deyiladi hujjatda.

Ushbu qaror imzolangan kundan boshlab kuchga kirgan hisoblanadi.

Samarqand Oʻzbekistonning aholi soni boʻyicha ikkinchi, kattaligi jihatdan uchinchi shahridir. Samarqand viloyatining maʼmuriy markazi sanaladi.

Samarqand shahrida yarim millionga yaqin aholi istiqomat qiladi.

Asosiy mavzular