13:33 25 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Siyosat
Havola olish
409 0 0

Aleksandr Lukashenko kecha oltinchi marotaba Belarus prezidenti vazifalarini rasman bajarishga kirishdi. Shu munosabat bilan YEI davlatlari Lukashenkoni tan olmasliklari xususida rasmiy bayonot bilan chiqish qildilar

TOSHKENT, 24 sn - Sputnik. Kuni kecha, chorshanba kuni Minskda prezident Aleksandr Lukashenkoning inauguratsiyasi boʻlib oʻtdi. Tadbir deyarli maxfiy oʻtdi desa ham boʻladi, negaki hukumat hech kimni oldindan xabardor qilmagan edi.

Davlat televideniyesi ham inauguratsiya jarayonidan toʻgʻridan-toʻgʻri efir olib bermadi.

Eslatib oʻtamiz, MSK maʼlumotlariga koʻra, Lukashenko boʻlib oʻtgan prezident saylovlarida 80,1 % foiz ovoz olgan.

Inauguratsiya marosimidan soʻng 27ta yevropa davlatlari Lukashenkoni Belarusning qonuniy prezidenti sifatida tan olishdan bosh tortdilar. Slovakiya YEI davlatlaridan birinchi boʻlib Lukashenkoni prezident sifatida tan olmasligi toʻgʻrisida bayonot bilan chiqdi. Soʻngra Chexiya, Litva, Polsha, Latviya, Estoniya, , Buyuk Britaniya, Kanada, Daniya ham xuddi shunday pozitsiyani bildirdi. 

Oradan sal oʻtib, GFR vazirlar mahkamasi rasmiy vakili Shteffen Zaybert kantsler Angela Merkel tomonidan ham Lukashenko nomiga tabrik telegrammasi yuborilishiga umid qilish kerak emasligini aytdi. Berlinning rasmiy pozitsiyasiga koʻra, Belarusda boʻlib oʻtgan saylovlar "demokratik saylovlarning minimal talablariga mutlaqo mos ravishda oʻtmagan". Bundan tashqari, Germaniya Lukashenko va uning apparati tinch namoyishchilarga qarshi zoʻravonlikni qoʻllashni bas qilishlari lozimligini qayd etgandi.

YEI davlatlari Belarusga nisbatan sanktsiyalar kiritishga kelishdilar.

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov Yevropa davlatlariga qarshi chiqdi va MDH mamlakatlari orasida birinchi boʻlib Lukashenkoga tabrik yoʻlladi. Lukashenkoni prezident sifatida, shuningdek, Rossiya, Xitoy, Turkiya, Suriya, Qozogʻiston va Qirgʻiziston tan olgan.

Rossiya "maxfiy inauguratsiyaga" bu Belarusning ichki ishi, deya izoh bergan.

Sal keyin Ukraina va AQSH ham Belarusda boʻlib oʻtgan prezident saylovlari natijalarini tan olmasliklari haqida bayonot bilan chiqishdi.

Oʻz navbatida, prezidentlikka sobiq nomzod Svetlana Tixanovskaya hozirda oʻzini Belarus xalqi tomonidan saylangan "yagona yetakchi" deya atamoqda.

Belarusda Lukashenkoning inauguratsiyasidan keyin yangi norozilik aktsiyalari boshlangan. Mamlakat politsiyachilari norozilik namoyishchilari ishtirokchilarini vodometlar yordamida tarqatmoqda.

Belarusda ommaviy norozilik aktsiyalari 9 avgustdan keyin, boʻlib oʻtgan prezident saylovlarida amaldagi yetakchi Aleksandr Lukashenko gʻolib chiqqanidan soʻng boshlangan edi. MSK maʼlumotlariga koʻra Lukashenko 80,1 % ovoz olgan. Birinchi kunlarda aktsiyalar kuch tuzilmalari tomonidan bostirildi, norozichilarga nisbatan koʻz yosh keltiruvchi gaz, shovqin granatalari, vodometlar, rezinali oʻqlar qoʻllanildi. Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, birinchi kunlarda 6,7 ming kishi qoʻlga olingan. Respublika IIV maʼlumotlariga koʻra, tartibsizliklar davomida yuzlab insonlar jabrlangan, shu jumladan, 130 nafar huquq-tartibot xodimlari ham. Saylovlar yakunlangach bir oy davmida aktsiyalar ham ish ham dam olish kunlari oʻtkazildi. Lukashenkoning tarafdorlari ham uni qoʻllab-quvvatlab tadbirlar oʻtkazib kelmoqdalar.

Asosiy mavzular