05:29 26 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Siyosat
Havola olish
228 0 0

Oʻzbekiston TIV bayonotida qayd etilishicha, oʻzaro qarama-qarshilik chogʻida harbiy kuchning ishlatilishi ikki tomondan ham koʻplab insonlarning qurbon boʻlishiga olib kelishi mumkin.

TOSHKENT, 27 sen — Sputnik. Ozarbayjon va Armaniston munosabatlaridagi keskinlikning oshishi Oʻzbekistonda jiddiy tashvish uygʻotmoqda.

Oʻzbekiston TIV bayonotida qayd etilishicha, oʻzaro qarama-qarshilik chogʻida harbiy kuchning ishlatilishi ikki tomondan ham koʻplab insonlarning qurbon boʻlishiga olib kelishi mumkin. 

Oʻzbekiston Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligida raislik qilayotgan davlat sifatida MDH hududida doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik munosabatlari va oʻzaro ishonchni mustahkamlash, bahsli masalalarni xalqaro huquq normalariga qatʼiy mos ravishda tinch yoʻl bilan hal qilinishining muhimligini yana bir bor tasdiqlaydi.

“Ozarbayjon Respublikasi va Armaniston Respublikasini harbiy harakatlarni tezda toʻxtatishga hamda mojaroni suverenitet va hududiy yaxlitlik tamoyillariga rioya qilgan holda tinch yoʻl bilan bartaraf etish maqsadida diplomatik muzokaralarni boshlashga chaqiramiz”, - deyilgan bayonotda.

Togʻli Qorabogʻdagi keskinlik

Togʻli Qorabogʻdagi tutashuv chizigʻidagi vaziyat yakshanba, 27 sentyabr kuni ertalab keskinlashdi. Tan olinmagan respublika Ozarbayjon harbiylari uning hududini, jumladan, poytaxt Stepanakertani oʻqqa tutganini maʼlum qildi. Tinch aholi orasida qurbonlar bor.

Boku va Yerevan vaziyatni keskinlashtirishda bir-birini aylamoqda. Ozarbayjon Mudofaa vazirligi arman tomoni oʻt ochgani, ozarbayjon tomoni esa hujumga qarshi amaliyotni boshlaganini taʼkidlamoqda. Armaniston Mudofaa vazirligi Qorabogʻ Ozarbayjon tomonidan havo va raketa hujumiga uchraganini maʼlum qilmoqda.

Armaniston hukumati Togʻli Qorabogʻdagi hodisalar tufayli mamlakatda harbiy holat va umumiy safarbarlik joriy etdi. Tan olinmagan Togʻli Qorabogʻ respublikasi rahbariyati ham shunday qaror qabul qilgan.

Ozarbayjon Milliy Majlisi (parlamenti) Togʻli Qorabogʻda vaziyat keskinlashgani tufayli qator shaharlar va hududlarda harbiy holat joriy etishga qaror qildi.

Avvalroq Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Boku va Yerevanni zudlik bilan oʻt ochishni bas qilishga va muzokaralar oʻtkazishga chaqirgan edi.

Asosiy mavzular