08:34 22 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Siyosat
Havola olish
221 0 0

Dushanbe shahrida Oʻzbekiston bosh vaziri boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi Savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Hukumatlararo komissiyaning 7-yigʻilishida ishtirok etadi.

TOSHKENT, 28 sen — Sputnik. Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov 2020 yil 29 sentyabr kuni Dushanbe shahriga tashrif buyuradi. Bu haqda bosh vazir matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Aripov boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi Savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Hukumatlararo komissiyaning 7-yigʻilishida ishtirok etadi.

Komissiya kun tartibida savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, energetika, qishloq va suv xoʻjaligi hamda madaniy-gumanitar sohalarida va boshqa ustuvor yoʻnalishlarda ikki tomonlama amaliy hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilish nazarda tutilmoqda.

Tashrif doirasida Oʻzbekiston – Tojikiston ishbilarmon doiralari vakillari oʻrtasida Biznes-forum va Ishbilarmonlar kengashining yigʻilishini oʻtkazish rejalashtirilgan.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripovning Tojikistonga tashrif buyurishi sentyabr boshida maʼlum boʻlgan edi.

Asosiy mavzular