Shuhrat G‘aniyev rasman bosh vazir o‘rinbosari etib tayinlandi

Obuna bo‘lish
Prezident farmoni bilan Shuhrat G‘aniyev bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tasdiqlandi.

TOShKENT, 28 sen — Sputnik. Shuhrat G‘aniyev bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tasdiqlandi. Tegishli farmonga prezident Shavkat Mirziyoyev imzo chekdi.

2020 yil fevralidan buyon bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan O‘ktam Barnoyev  sentabr oyida koronavirus oqibatlaridan vafot etgach, bu lavozim bo‘sh qolayotgandi.

Avvalroq G‘aniyevning nomzodini ushbu lavozimga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari ma’qullagan edi.

Eslatib o‘tamiz, 2012-yildan buyon Shuhrat G‘aniyev bunga qadar Farg‘ona viloyati hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi. G‘aniyev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan uning o‘rnini Namangan viloyatining sobiq hokimi Xayrulla Bozorov egallagan edi.

Yangiliklar lentasi
0