19:00 21 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Siyosat
Havola olish
231 0 0

Oʻzbekiston prezidenti farmoni bilan hokimlarning ayrim funktsiya va vakolatlari bekor qilinmoqda. Qonun bugundan kuchga kirdi.

TOSHKENT, 29 sen — Sputnik. Hokimlarning ayrim funktsiya va vakolatlari bekor qilindi. Bu prezident imzolagan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonunda koʻzda tutilgan.

Qonun bilan, “Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida”gi qonunga kiritilgan oʻzgarishlarga koʻra, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining quyidagi funktsiya va vakolatlari bekor qilindi:

  • faoliyati suvlarning va suv obʼyektlarining holatiga taʼsir etuvchi korxonalarning texnologiya, oʻrmon-melioratsiya va agrotexnika, gidrotexnika, sanitariya-texnika tadbirlarini oʻtkazishlari uchun kelishish lozimligi;
  • korxonalar va tashkilotlarga quyidagi masalalarda yozma koʻrsatmalar berish:
  • suv toshqinlarining, suv bosishi va zax bosishining;
  • sohillar, himoya dambalari va boshqa inshootlar buzilib ketishining;
  • yerlarning botqoqlanishi va shoʻrlanishining;
  • tuproq eroziyasining, jarlar, oʻpirilishlar yuzaga kelishining, sel oqimlarining va suvlar yetkazadigan boshqa zararli taʼsirning oldini olish hamda uni bartaraf etish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish.
  • aholining ichimlik, maishiy va boshqa ehtiyojlari uchun moʻljallangan suv olish inshootlaridan foydalanish toʻgʻrisida qaror qabul qilish.

Shuningdek, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining quyidagi vakolatlari chiqarildi:

Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga kiritilgan oʻzgartirish bilan hokimlarning maʼmuriy javobgarlikka tortish nazarda tutilgan qarorlar qabul qilish va maʼmuriy javobgarlikka sabab boʻladigan ayrim qoidalarni belgilash vakolati;

“Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunga  kiritilgan oʻzgartirishga koʻra, hokimlarning atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar chiqarilishining yoʻl qoʻyiladigan normativlarini buzish bilan bogʻliq boʻlgan faoliyatni cheklash, toʻxtatib turish va tugatish masalasida qaror qabul qilish vakolati;

“Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonunga kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni chorvachilik ehtiyojlari uchun tayyorlash uchun ruxsatnoma berish vakolati;

“Oʻrmon toʻgʻrisida”gi Qonunga kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, oʻrmonlarning holatiga zarar yetkazilgan hollarda tashkilotlar faoliyatini cheklash, toʻxtatib turish va tugatish boʻyicha qaror qabul qilish vakolati.

Ushbu qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Asosiy mavzular