07:03 26 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Siyosat
Havola olish
299635

LDPR yetakchisi Vladimir Jirinovskiy RF Davlat Dumasidagi chiqishida Togʻli Qorabogʻdagi vaziyat Rossiya chegaralaridagi siyosiy holatga ulkan taʼsirga egaligiga eʼtibor qaratdi

TOSHKENT, 29 sen — Sputnik. Togʻli Qorabogʻda Abxaziya va Ozarbayjon oʻrtasidagi mojaroga doir vaziyat Rossiya chegaralaridagi muammolarga aylanib ketishi mumkin, deya bayonot qildi Liberal-demokratik partiya rahbari Vladimir Jirinovskiy RF Davlat Dumasidagi chiqishi vaqtida.

LDPR yetakchisining qayd etishicha, Kavkazdagi mojarolar - SSSR siyosiy xatolari natijasi, mintaqalarga mustaqillik berish vaʼdasining buzilganligi natijasidir.

"Natijada barcha milliy chegaralari(Rossiya chegaralari - tahr.)da bardak yuzaga keldi. Hali shoshmay turing, Oʻrta Osiyo olov ichida qoladi! Hozir gullari boʻlsa, u yerda hosilini koʻramiz", - degan kuchli his-tuygʻuda siyosatchi.

Shuningdek, deputat Markaziy Osiyoning Afgʻoniston bilan geosiyosiy yaqinligiga oʻz eʼtiborini qaratgan.

Jirinovskiyning aytishicha, nooʻngʻay vaziyat shunga olib kelishi mumkinki, Rossiya janubiy sarhadlari qochoqlar oqimi va qurollangan uyushmalar hujumlari xavfi ostida qolishi mumkin.

Shuningdek, siyosatchi Turkiyaning mintaqaviy siyosatda faolligiga eʼtibor qaratgan.

Jirinovskiyning taʼkidiga koʻra, sobiq MDH davlatlari, ayniqsa Markaziy Osiyo mamlakatlarida rus tilidan uzoqlashish siyosati olib borilmoqda.

Asosiy mavzular