08:32 22 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Siyosat
Havola olish
191 0 0

Abdulla Aripov Dushanbeda Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashdi. Uchrashuvda qator masalalar muhokama qilindi.

TOSHKENT, 30 sen — Sputnik. Dushanbe shahrida Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripovning Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Bu haqda Tojikiston davlat rahbari matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Uchrashuv doirasida tomonlar Tojikiston-Oʻzbekiston munosabatlarining holati va rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi.

Suhbat chogʻida oʻzaro tovar almashish hajmining tobora oʻsib borayotgani qayd etildi va Savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiyasining faol ishi taʼkidlandi.

“Yangi koronavirus infektsiyasi pandemiyasi sharoitida hamkorlikni kengaytirishga oid dolzarb masalalar muhokamasi chogʻida Rahmon fursatdan foydalanib, barcha uchun ogʻir damlarda koʻrsatilgan insonparvarlik yordami uchun oʻzbek doʻstlariga yana bir bor minnatdorchilik bildirdi”, - deyilgan xabarda.

Suhbat chogʻida Aripov va Rahmon ikki davlat savdo-iqtisodiy aloqalariga dunyo inqirozining salbiy taʼsiriga barham berish uchun zaruriy choralar koʻrilishi tarafdori ekanliklarini bildirishdi. Soʻngra oʻzaro tovar almashish tuzilmasini diversifikatsiya qilish, savdo-sotiqda texnik toʻsiqlarni bartaraf etish, savdo uylari, kompaniyalar vakolatxonasi va filialini ochish yuzasidan fikr almashildi.

Shu bilan birgan tomonlar gidroenergetikadagi hamkorlik muhimligini taʼkidladi.

Eslatib oʻtamiz, Abdulla Aripov boshchiligidagi Oʻzbekiston hukumati delegatsiyasi 29 sentyabr kuni Dushanbe shahriga tashrif buyurdi. Tashrif davomida Abdulla Aripov Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzoda bilan ham uchrashdi.

Asosiy mavzular