00:44 27 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Siyosat
Havola olish
133 0 0

Boʻlib oʻtgan suhbat chogʻida afgʻon mojarosini tinch yoʻl bilan hal etish, ushbu mamlakatda turli loyihalar, jumladan iqtisodiy loyihalarni birgalikda amalga oshirish boʻyicha Oʻzbekiston va Buyuk Britaniyaning saʼy-harakatlari muhokama qilindi.

TOSHKENT, 3 okt - Sputnik. 2020 yilning 2-oktyabr kuni Oʻzbekiston prezidentining Afgʻoniston boʻyicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Buyuk Britaniyaning Toshkent shahridagi elchisi Tim Torlot bilan uchrashdi. TIV xabariga asosan.

Boʻlib oʻtgan suhbat chogʻida afgʻon mojarosini tinch yoʻl bilan hal etish, ushbu mamlakatda turli loyihalar, jumladan iqtisodiy loyihalarni birgalikda amalga oshirish boʻyicha Oʻzbekiston va Buyuk Britaniyaning saʼy-harakatlari muhokama qilindi.

Buyuk Britaniya tomoni mamlakat rahbariyatining Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatish boʻyicha muzokaralar jarayoniga koʻmaklashish, mazkur davlatni mintaqaviy siyosiy va iqtisodiy jarayonlarga tortish borasida olib borayotgan siyosatiga yuqori baho berdi. Bu Afgʻonistondagi holatni umumiy tartibga solish va ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmani qayta tiklashga imkon yaratadi.

Afgʻonistondagi mojaroni hal etishga koʻmaklashish boʻyicha Oʻzbekiston-Britaniya hamkorligining ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida ham batafsil fikr almashildi.

Afgʻoniston mavzusida ikki tomonlama maslahatlashuvlarni davom ettirishga oʻzaro qiziqish bildirildi.

Asosiy mavzular