Mirziyoyev Emomali Rahmonni tavallud ayyomi bilan tabrikladi

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishRabochiy vizit prezidenta RF V. Putina v Tadjikistan dlya uchastiya v SVMDA
Rabochiy vizit prezidenta RF V. Putina v Tadjikistan dlya uchastiya v SVMDA - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari bo‘lajak sammitning yangi kun tartibini har tomonlama puxta tayyorlash bo‘yicha “yo‘l xarita”sini ishlab chiqishga topshiriq berdilar.

TOShKENT, 5 okt — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-oktabr kuni Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi.

“Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Tojikiston Prezidentini tavallud ayyomi bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog‘lik, farovonlik va yangi muvaffaqiyatlar tiladi”, - deyilgan prezident matbuot xizmati xabarida.

Prezidentlar ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik rishtalari, tarix, madaniyat va an’analar mushtarakligiga asoslangan strategik sheriklik munosabatlarining bugungi darajasini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Ta’kidlanishicha, koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq murakkab davrda pandemiya oqibatlarini yengib o‘tishda o‘zaro yordam ko‘rsatilmoqda. Tojikiston tomoni ushbu xavfli kasallikka qarshi kurashda ko‘rsatilgan amaliy yordam uchun minnatdorlik bildirdi. 

Prezident Respubliki Tadjikistan Emomali Raxmon prinyal Premyer-ministra Respubliki Uzbekistan Abdullu Aripova - Sputnik O‘zbekiston
Savdo-sotiq, gidroenergetika va COVID-19: Aripov va Rahmon nimalarni muhokama qildi

Davlat rahbarlari o‘tgan oyda bo‘lib o‘tgan qator ikki tomonlama tadbirlarning samarali natijalarini yuqori baholadilar. Xususan, Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi majlisi hamda biznes-forum, ilmiy-amaliy konferensiya, parlament a’zolari va ziyolilar uchrashuvlari muvaffaqiyatli o‘tkazildi, qo‘shma ishlab chiqarish quvvatlari va ijtimoiy obyektlar ochildi.

O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari ikki mamlakat hukumatlariga keng ko‘lamli hamkorlikni kengaytirish hamda bo‘lajak sammitning yangi kun tartibini har tomonlama puxta tayyorlash bo‘yicha “yo‘l xarita”sini ishlab chiqishga topshiriq berdilar.

Xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

Telefon muloqoti so‘ngida Mirziyoyev Tojikiston prezidentiga mamlakat siyosiy hayotidagi muhim tadbir – joriy yil 11-oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan prezident saylovi muvaffaqiyatli o‘tishini tiladi.

Yangiliklar lentasi
0