08:56 22 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Siyosat
Havola olish
942 0 0

Bishkekdagi voqealarni oʻtgan ommaviy siyosiy chiqishlar bilan taqqoslar ekan, siyosatshunos ushbu voyealar 2005 yildagi parlament saylovlaridan soʻng roʻy bergan voqealarga oʻxshashini taʼkidladi.

TOSHKENT, 6 okt - Sputnik. Qirgʻiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov kuch tuzilmalari yordamini yoʻqotdi, ehtimol, u yangi parlament saylovlarini eʼlon qilishga va oʻz vakolatlarini topshirishga majbur boʻladi, deb hisoblaydi qozogʻistonlik siyosatshunos Marat Shibutov.

"Hammasi Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi binosi bosib olingach roʻy berdi, kuch tuzilmalari qarshilik koʻrsatishni toʻxtatishgani oydinlashgan edi. Davlat - bu zoʻravonlik apparatidir, kimda zoʻravonlik koʻproq boʻlsa, oʻsha davlat boʻladi. Prezidentda ularni (miting ishtirokchilarini - tahr.) neytrallash boʻyicha qandaydir imkoniyat qolmadi. Meni fikrimcha, u (yangi parlament saylovlarini - tahr.) eʼlon qiladi va vakolatlarini topshiradi. Hozir unga hech kim boʻysunmayapti… Jeenbekovning siyosiy karyerasi yakun topdi", - dedi Shibutov RIA Novostiga.

Bishkekdagi voqealarni oʻtgan ommaviy siyosiy chiqishlar bilan taqqoslar ekan, siyosatshunos ushbu voyealar 2005 yildagi parlament saylovlaridan soʻng roʻy bergan voqealarga oʻxshashini taʼkidladi. Birgina farqi "prezident qochib ketmaganida". "…Bu yerda qamoqqa olingan sobiq prezident Almazbek Atambayev va sobiq bosh vazir Sapar Isakovni ozod qilish motivlari ham qoʻshildi", dedi agentlik suhbatdoshi.

Dushanba kuni Bishkekning markaziy Ala-Too maydonida respublika parlamentiga oʻta olmagan partiyalar tarafdorlarining norozilik namoyishlari boshlandi. Ular parlament saylovlari yakunlarini bekor qilishni va takroriy ovoz berish oʻtkazilishi talabini ilgari surdilar. Dushanba kuni kechqurun mitingni tarqatishga urinish vaqtida norozilik aktsiyasi namoyishchilari va kuch tuzilmalari oʻrtasida toʻqnashuvlar boshlandi. Seshanbaga oʻtar kechasi miting ishtirokchilari parlament va prezident administratsiyasi joy olgan Oq uy binosiga bostirib kirishdi. Soʻngra davlat xavfsizlik qoʻmitasi tomon yoʻl oldilar.

Ular mamlakatning sobiq prezidenti Almazbeka Atambayev va uning safdoshlarini qamoqdan ozod qilishga erishdilar. Seshanba kuni ertalab miting qatnashchilari hukumat binosini qoʻlga olishgani maʼlum boʻldi.

Atambayev ishida dalillarni yashirganlikda ayblanib sud qilingan Qirgʻiziston IIV sobiq rahbari Kursan Asanov oʻzini Bishkek komendanti, deya eʼlon qildi.

Qirgʻizistonning sobiq deputati Almambet Shыkmamatov bosh prokuror lavozimini egallaganini maʼlum qilib, parlamentga oʻtkazilgan saylovlar yakunlarini bekor qildi. Qirgʻiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov parlament saylovlari yakunlari bekor qilinishi ehtimolini aytgan. Mamlakat sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotlariga koʻra, toʻqnashuvlarda 590 kishi jabrlandi, bir kishi jabrlangan. Bir nafari halok boʻlgan.

Qirgʻiziston parlamentiga saylovlar 4 oktyabr kuni boʻlib oʻtdi. Saylovda 56,5 foiz ovoz beruvchilar ishtirok etishdi. Ovoz berishning dastlabki yakunlariga koʻra, mamlakat parlamentiga toʻrtta: "Birimdik" ("Birlik", hukumat partiyasi) 24,52% foiz, "Mekenim Kыrgыzstan" ("Ona Qirgʻiziston", hukumat partiyasi) 23,89%, "Qirgʻiziston" 8,73% va "Butun Kыrgыzstan" ("Yagona Qirgʻiziston) partiyasi 7,11% ovoz bilan oʻtgan. Qolgan partiyalar oʻta olmagan.

Asosiy mavzular