Putin maktabda qanday bo‘lgan – RF yetakchisi tavallud kuniga sinfdoshlar xotirasi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishRabochaya poyezdka prezidenta RF V. Putina v Sochi
Rabochaya poyezdka prezidenta RF V. Putina v Sochi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vladimir Putinning sinfdoshlari kelajakda Rossiya prezidenti bo‘lgan inson bilan o‘qish qanday bo‘lganini esga olishdi

TOShKENT, 7 okt – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin chorshanba, 7-oktabr kuni o‘z tavallud ayyomini nishonlamoqda. Bugun u 68 yoshni qarshi oldi.

Rabochaya vstrecha prezidenta RF V. Putina s sovetnikom po nauke OAO VPK NPO mashinostroyeniya G. Yefremovim - Sputnik O‘zbekiston
Putin Nobel tinchlik mukofotiga nomzod etib ko‘rsatildi

"Komsomolskaya pravda" muxbiri hozirgi Rossiya yetakchisi bilan maktabda va oliygohda birga tahsil olgan insonlardan intervyu oldi. Ular Putin qanday bo‘lganini va bu yillar oralig‘ida qanday o‘zgargani haqida so‘zlashdi.

Vladimir Putinning sinfdoshi Svetlana Potapchukning xotirlashicha, uni hamisha tashqi ko‘rinishi ajratib turgan.

"Hamisha ozoda kiyingan, dazmollangan moviy rang ko‘ylak, qora kostum va bo‘yinbog‘da bo‘lardi", - deydi Svetlana.

Ayolning so‘zlariga ko‘ra, Putin o‘qish davrida tarix, nemis tili va adabiyot darslarini yaxshi ko‘rgan. Insholarni zo‘r yozgan - ulardan birini o‘qituvchi hatto radioga yuborgan. Shuningdek, u nemis tilini ham yaxshi bilgan.

"Men uni juda mehribon inson sifatida yaxshi eslayman. Ammo u hamisha band edi - bo‘sh vaqtining hammasini mashg‘ulotlarga, kurash bo‘yicha musobaqalarga sarflardi, - deya hikoya qiladi prezidentning sinfdoshlaridan yana biri Anna Kisello (qizlik familiyasi Mixaylova).

Rossiya prezidenti Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
"Biz ularni hojatxonada gumdon qilamiz" yoxud Putinning eng yorqin iboralari

Ammo Vladimir Putin maktab vaqtida hech kimga ko‘chirishga bermagan.

"Qizlar uni aqlliligi uchun juda ardoqlashardi. Ammo uning o‘zi hech kimga alohida takalluf ko‘rsatmas edi", - deydi Svetlana Potapchuk.

Putin maktabda chog‘idayoq razvedkachi bo‘lishni orzu qilgan.

"U o‘sha vaqtdayoq bizda siyosat bo‘yicha dars o‘tardi. Putin buni juda yaxshi uddalar edi. Hozir ham u xalq tushunadigan sodda tilda qanday gapirishini ko‘raman - buning hammasi maktab davridan", - deb ta’kidlaydi sinfdosh ayol.

Vladimir Putin hayotida dzudo bo‘yicha treneri Anatoliy Raxlin muhim rol o‘ynagan. U inson o‘z o‘quvchilaridan faqat kurashda emas, balki maktab dasturi bo‘yicha ham yaxshi muvaffaqiyatlarga erishishlarini talab qilgan - baholarni shaxsan tekshirgan.

Birinchi prezidentlik muddati oldidan Anatoliy Raxlin Vladimiru Vladimirovichga shunday nasihat qiladi: "Hujum qilayotib - himoyalan, himoyalanayotib - hujum qil".

Rossiya yetakchisining kursdoshlari Putin o‘sha vaqtda ham "xuddi hozirgidek hazillar qilganini" ta’kidlashadi.

Yangiliklar lentasi
0