18:50 21 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Siyosat
Havola olish
224 0 0

Oʻzbekiston va Tojikiston prezidentlari mintaqadagi vaziyat yuzasidan fikr almashdi. Shuningdek, boʻlajak oliy darajadagi uchrashuvlar rejasi koʻrib chiqdi.

TOSHKENT, 7 okt — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7 oktyabr kuni Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qilmoqda.

“Suhbat chogʻida ikki mamlakat hamkorligining dolzarb masalalari muhokama qilindi. Mintaqadagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi, boʻlajak oliy darajadagi uchrashuvlar rejasi koʻrib chiqildi”,  -deyilgan xabarda.

Davlat rahbarlari Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasidagi strategik sheriklik va koʻp qirrali munosabatlarni mustahkamlash, Markaziy Osiyoda barqarorlik va izchil taraqqiyotni taʼminlash borasida qatʼiy ekanliklarini taʼkidladilar.

Eslatib oʻtamiz, 5 oktyabr kuni Shavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qilib, uni tavallud ayyomi bilan tabriklagan edi.

Asosiy mavzular