21:49 29 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Siyosat
Havola olish
1156 0 0

YETTB tarixida birinchi marta boshqaruvchilar kengashi raisining oʻrinbosari etib bankning Oʻzbekistondan boshqaruvchisi, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov saylandi.

TOSHKENT, 11 okt — Sputnik. 7-8 oktyabr kunlari videokonferentsiya shaklida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YETTB) Boshqaruvchilar kengashining yillik yigʻilishi oʻtkazildi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Yillik yigʻilish kun tartibidagi asosiy masala YETTB prezidentining saylovi boʻldi. Ovoz berish natijalariga koʻra Frantsiya Iqtisodiyot, moliya va tiklanish vazirligi Gʻaznachiligining bosh direktori Odil Reno-Basso 2021-2024 yillar davri uchun YETTBning yangi prezidenti etib saylandi.

“Shuningdek, YETTB tarixida birinchi marta Bankning oliy boshqaruv organi - boshqaruvchilar kengashi raisining oʻrinbosari etib bankning Oʻzbekistondan boshqaruvchisi, Oʻzbekiston bosh vazirining oʻrinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov saylandi”, - deyilgan xabarda.

Yigʻilish doirasida davra suhbati tashkil etilib, uning davomida global va mintaqaviy iqtisodiyotning joriy tendentsiyalari, COVID-19ning YETTBga aʼzo mamlakatlar iqtisodiyotiga taʼsiri, bankning unga aʼzo mamlakatlarni pandemiya bilan bogʻliq muammolarni yengib oʻtishda qoʻllab-quvvatlash boʻyicha faoliyati, shuningdek, 2021-2025 yillarga moʻljallangan YETTB kapital qoʻyilmalari va faoliyati boʻyicha Strategiyasi muhokama qilindi.

Yigʻilish yakunlarida shuningdek, Bankning kelgusidagi istiqbollarini belgilab beruvchi bir qator qarorlar, shu jumladan, Iroqning YETTB aktsiyadorlari safiga qoʻshilish boʻyicha buyurtmanomasini qabul qilish toʻgʻrisidagi rezolyutsiya qabul qilindi.

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki 1991 yil 28 martda tashkil etilgan. Shtab-kvartirasi London shahrida joylashgan. Oʻzbekiston 1992 yil 30 apreldan beri YETTB aʼzosidir. Hozirgi vaqtda uy-joy kommunal xizmatlari, energetika, yoʻl hoʻjaligi, irrigatsiya va ekologiya sohasida umumiy qiymati 1,0 mlrd dollardan ortiq boʻlgan bir qator loyihalar bank bilan birgalikda ishlab chiqilmoqda.

Asosiy mavzular