13:34 23 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Siyosat
Havola olish
139 0 0

Shavkat Mirziyoyev Tojikiston yetakchisini kuni kecha boʻlib oʻtgan prezident saylovidagi ishonchli gʻalabasi bilan tabrikladi.

TOSHKENT, 12 okt — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.

“Davlatimiz rahbari Tojikiston yetakchisini kuni kecha boʻlib oʻtgan Prezident saylovidagi ishonchli gʻalabasi bilan tabriklab, unga birodar tojik halqi farovonligi va ravnaqi yoʻlidagi faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tiladi”, - deyilgan xabarda.

Suhbat chogʻida Oʻzbekiston-Tojikiston doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.

Davlat rahbarlari oʻrtasida erishilgan kelishuvlarni oʻz vaqtida amalga oshirish, Hukumatlararo komissiya qarorlarini bajarish hamda boʻlajak oliy darajadagi uchrashuvlar uchun yangi kun tartibini ishlab chiqish muhimligi alohida taʼkidlandi.

Mintaqaviy hamkorlik masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

Prezidentlar Qozogʻiston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston davlat rahbarlarining Qirgʻizistondagi vaziyat yuzasidan qoʻshma bayonoti qabul qilinganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Muloqot soʻngida mamlakatlar oʻrtasidagi uzoq muddatli va keng koʻlamli hamkorlikni rivojlantirishga ikkala tomonning ham intilishi qatʼiy ekani taʼkidlandi.

Eslatib oʻtamiz, 11 oktyabr kuni Tojikistonda navbatdagi prezident saylovlari boʻlib oʻtdi. Amaldagi davlat rahbari Emomali Rahmon unda 90,92 foiz ovoz toʻplab, gʻolib boʻldi.

Asosiy mavzular