22:10 20 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Siyosat
Havola olish
“Sardoba” toʻgʻoni yorilishi (64)
23620

Tabiiy ofatdan soʻng Sardoba tumani “Doʻstlik” mahallasida 37 ta, Mirzaobod tumani “Haqiqat” mahallasida 40 ta hamda “Navbahor” mahallasida 9 ta uy-joy qurildi.

TOSHKENT, 13 okt — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatida tabiiy-texnogen ofatlar roʻy bergandan keyin u yerdagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishish maqsadida viloyatga keldi.

Sardoba suv ombori toʻgʻonining yorilishi oqibatida 2 ming 211 ta xonadon yaroqsiz va 2 ming 499 tasi taʼmirtalab holatga kelib qolgan edi. Davlat rahbari oʻshanda bu ahvolni koʻrib, vayron boʻlgan mahallalarni nafaqat oldingi holatiga qaytarish, balki undan-da yaxshi qilish, hammaning havasi keladigan maskanga aylantirishga vaʼda bergan edi.

Shu maqsadda uchta hudud tanlanib, 50 gektar maydonda 86 ta 5 qavatli uy-joy barpo etildi. Xususan, Sardoba tumani “Doʻstlik” mahallasida 37 ta, Mirzaobod tumani “Haqiqat” mahallasida 40 ta hamda “Navbahor” mahallasida 9 ta uy-joy qurildi. Ularda jami 2 ming 640 xonadon bor.

Vizit Shavkata Mirziyoyeva v Sыrdarinskuyu oblast
Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Vizit Shavkata Mirziyoyeva v Sыrdarinskuyu oblast

“Sovuq kunlarga qoldirmasdan, oilalarni uy bilan taʼminlashga erishdik. Eng katta masala - odamlarning koʻnglidagi gʻashlik ketdi, ular rozi boʻldi”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Ilgari bu joylardagi koʻp uylarda tabiiy gaz yoʻq edi. Endi gaz, suv, elektr energiyasi va boshqa kommunikatsiyalar bilan taʼminlangan. Yana bir muhim tomoni – yangi uy egalarining avvalgi hovlilari ham oʻzlarida qoldi.

Vizit Shavkata Mirziyoyeva v Sыrdarinskuyu oblast
Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Vizit Shavkata Mirziyoyeva v Sыrdarinskuyu oblast

Davlat rahbari oʻsha qiyin kunlarda butun xalq jipslashib harakat qilganiga katta eʼtibor qaratdi.

“Butun mamlakatimizdan mutaxassislar keldi. Bu yerda Qoraqalpogʻiston va har bir viloyatning oʻz koʻchasi bor. Qudratimiz borligiga, birlashsak, mehrli boʻlsak, koʻp ishlarni amalga oshirishimizga hamma inondi”, - deya taʼkidladi prezident.

Koʻp qavatli uylar shinam, hovlilari obod. Bu mahalla “Yangi Oʻzbekiston” deb nomlangan.

Vizit Shavkata Mirziyoyeva v Sыrdarinskuyu oblast
Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Vizit Shavkata Mirziyoyeva v Sыrdarinskuyu oblast

“Yangi Oʻzbekiston” deyilganida ham maʼno bor. Agar xalqimizga maʼqul boʻlsa, bunday uylarni boshqa hududlarda, aholi zich shaharlarda ham quramiz. Har bir mavze yonida ish oʻrinlari ham tashkil etamiz. Umuman olganda, qurish va yashash madaniyatimiz oʻzgarishi kerak, - dedi prezident.

Vizit Shavkata Mirziyoyeva v Sыrdarinskuyu oblast
Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Vizit Shavkata Mirziyoyeva v Sыrdarinskuyu oblast

Yangi mavzeda mahalla guzari, doʻkon, kutubxona, bolalar maydonchalari barpo etilgan. Uylarga xizmat koʻrsatuvchi servis kompaniyasi tashkil qilingan.

Turar joylarni ekspluatatsiya qilish tizimini samarali yoʻlga qoʻyish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

Mavzu:
“Sardoba” toʻgʻoni yorilishi (64)

Asosiy mavzular