05:48 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Siyosat
Havola olish
219 0 0

Prezident maslahatchi Suma Chakrabarti ishtirokida mamlakatda islohotlar dasturini uzoq muddatli istiqbolda davom ettirishning strategik yoʻnalishlarini koʻrib chiqdi.

TOSHKENT, 19 okt — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev maslahatchi Suma Chakrabarti ishtirokida mamlakatda islohotlar dasturini uzoq muddatli istiqbolda davom ettirishning strategik yoʻnalishlarini koʻrib chiqdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Taʼkidlanishicha, chuqur va har tomonlama tahlil asosida, ilgʻor xalqaro amaliyot va tajribani hisobga olgan holda Oʻzbekistonda yangi oʻsish nuqtalarini aniqlash va yangilanishlarni samarali davom ettirishni taʼminlashga alohida eʼtibor qaratildi.

Xususan, mamlakat iqtisodiyotining muhim tarmoqlarini modernizatsiya qilish va raqobatdoshligini oshirish, davlat boshqaruvi tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish va boshqaruv kadrlari sifatini tubdan oshirish masalasi koʻrib chiqildi.

Shuningdek, respublikada investitsiya va ishbilarmonlik muhitini takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlari koʻrib chiqildi.

Eslatib oʻtamiz, Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining (YETTB) sobiq rahbari Suma Chakrabarti Mirziyoyevning iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari boʻyicha maslahatchisi boʻlishini maʼlum qilgan edi.

Asosiy mavzular