00:43 04 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Siyosat
Havola olish
307 0 0

Muloqot davomida hukumat rahbarlari darajasidagi Qoʻshma komissiyaning ikkinchi majlisiga tayyorgarlikning borishi holati koʻrib chiqilgan

TOSHKENT, 20 okt - Sputnik. Oʻzbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov 20 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Hukumati raisi Mixail Mishustin bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar Oʻzbekiston Bosh vazirining matbuot xizmati.

Taʼkidlanishicha, muloqot chogʻida ikki mamlakat oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik doirasidagi qator masalalar muhokama qilindi. Koronavirus infektsiyasiga qarshi kurash boʻyicha qoʻshma chora-tadbirlarni izchil amalga oshirish yuzasidan oʻzaro fikr almashilgan.

Shuningdek, oʻtkazilishi koʻzda tutilayotgan hukumat rahbarlari darajasidagi Qoʻshma komissiyaning ikkinchi majlisiga tayyorgarlikning borishi holati koʻrib chiqildi.

Ikki mamlakat bosh vazirlari boshchiligidagi hukumat rahbarlari darajasidagi Qoʻshma komissiyaning birinchi majlisi Xorazm viloyatida 2019 yil may oyida oʻtkazilgan.

Asosiy mavzular