16:36 04 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Siyosat
Havola olish
173 0 0

Kobul shahrida Oʻzbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Afgʻoniston prezidenti Ashraf Gʻani bilan uchrashdi.

TOSHKENT, 21 okt — Sputnik. Kobul shahrida Oʻzbekiston bosh vazirining oʻrinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakovning Afgʻoniston prezidenti Ashraf Gʻani bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabariga koʻra, uchrashuv chogʻida siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, sanoat, mintaqaviy va madaniy-gumanitar sohalarida hamkorlik qilish masalalarining keng doirasi muhokama qilindi.

Tomonlar investitsiyalar, savdo, energetika, transport va infratuzilmani rivojlantirish sohasidagi qoʻshma loyihalarni amalga oshirish orqali Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqalarini rivojlantirishga moʻljallangan amaliy hamkorlikka oʻzaro tayyorligini bildirdi.

Ashraf Gʻani transport yoʻlaklarini rivojlantirish sohasida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish uchun qoʻshimcha moliyalashtirish manbalarini jalb etish maqsadida xalqaro moliya institutlari, xususan, AQShning Xalqaro taraqqiyot moliya korporatsiyasi, Jahon banki va Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish tashabbusini qoʻllab-quvvatladi.

Uchrashuv yakunida siyosiy, savdo-iqtisodiy, moliyaviy, energetika, transport-logistika, madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha "Yoʻl xaritasi"ni ishlab chiqish maqsadida har ikki mamlakatning tegishli vazirlik va idoralari oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha ham kelishuvga erishildi.

Asosiy mavzular