Boriy Alixonov va Narimon Umarov senator etib tayinlandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovZasedanise senata Oliy Majlis
Zasedanise senata Oliy Majlis - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti farmoni bilan “Adolat” va Ekologiya partiyalari rahbarlari senator etib tayinlandi.

TOShKENT, 21 okt — Sputnik. O‘zbekiston prezidentining 20-oktabrdagi farmoni bilan Boriy Alixonov hamda Narimon Umarov Oliy Majlisi Senati a’zolari etib tayinlandi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, 20-oktabr kuni Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisida Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari Boriy Alixonov va Narimon Umarovning bergan yozma arizasiga asosan ularning deputatlik vakolati muddatidan ilgari tugatilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston prezidentining 2020-yil 20-oktabrdagi farmoniga asosan hamda Saylov kodeksining 14, 16 va 75-moddalariga muvofiq Markaziy saylov komissiyasi Boriy Alixonov va Narimon Umarovni Oliy Majlisi Senati a’zolari etib ro‘yxatga olgan.

Senat matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Narimon Umarov Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi etib saylangan.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaNarimon Umarov
Boriy Alixonov va Narimon Umarov senator etib tayinlandi - Sputnik O‘zbekiston
Narimon Umarov

Boriy Alixonov esa Senatning yangi tashkil etilgan Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish masalalari qo‘mitasi raisi etib saylangan.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaBoriy Alixanov, predsedatel Ekologicheskoy partii RUz
Boriy Alixonov va Narimon Umarov senator etib tayinlandi - Sputnik O‘zbekiston
Boriy Alixanov, predsedatel Ekologicheskoy partii RUz
Yangiliklar lentasi
0