19:05 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Siyosat
Havola olish
357 0 0

RF Xavfsizlik kengashi raisi oʻrinbosari Dmitriy Medvedev BMTning 75 yilligiga bagʻishlangan maqolasi eʼlon qilindi.

TOSHKENT, 24 okt — Sputnik. Bugun, 24 oktyabr kuni dunyodagi eng nufuzli tashkilot – Birlashgan Millatlar Tashkiloti 75 yillik yubileyini nishonlamoqda.

RF Xavfsizlik kengashi raisi oʻrinbosari Dmitriy Medvedev BMTning 75 yilligiga bagʻishlangan maqolasi eʼlon qilindi.

Unda keltirilgan asosiy fikrlar:

- "Insoniyatning eng dolzarb muammolarini muhokama qilish maqsadida BMT Xavfsizlik Kengashida Rossiya taklif qilgan "yadro beshligi" davlatlarining yuzma-yuz sammiti boʻlib oʻtadi deb umid qilamiz";

- «Nafaqat mavjud qurollarning qisqarishini taʼminlash, balki yangi tahdidlar xavfini minimallashtirish ham zarur. Shu nuqtai nazardan, Rossiya Yevropada va boshqa hududlarda yangi raketa tizimlarini joylashtirishga moratoriy eʼlon qildi. Biz gʻarbiy sheriklarimizning javob qadamlariga umid qilamiz";

- "Shuningdek, barcha kosmik derjavalarning fazoni militarizatsiyalashni har tomonlama taqiqlash toʻgʻrisidagi qonuniy majburiy bitimini tuzilishini qoʻllab-quvvatlaymiz";

- "Afsuski, tinchlikni saqlash boʻyicha olib borilayotgan saʼy-harakatlarga qaramay, biz hali ham bir tomonlama tajovuzkor harakatlar, xususan, AQSH va uning NATO blokiga kiruvchi ularning ittifoqchilari tomonidan suveren davlatlarning ichki ishlariga aralashish boʻyicha qoʻpol urinishlarning guvohi boʻlyapmiz";

- “Global axborot makonida xavfsizlikni taʼminlash printsipial ahamiyatga ega. Xalqaro kiberxavfsizlik arxitekturasi nafaqat zamonaviy talablarga javob berishi, balki texnologik taraqqiyot istiqbollarini ham hisobga olishi zarur”;

- “COVID-19 epidemiyasi faqat siyosiy erkinliklar oʻz-oʻzidan insonlar hayotini saqlab qololmasligini aniq koʻrsatib berdi. Buning uchun tibbiy yordam va ijtimoiy muhofaza qilishning samarali va qulay tizimi, sanitariya xavfsizligini taʼminlash boʻyicha umumdavlat dasturlar, hukumat davlat organlarining barcha darajalarida harakatlarni nihoyatda muvofiqlashtirish talab etadi".

Asosiy mavzular