06:15 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Siyosat
Havola olish
226 0 0

Shuningdek, prezident 43 nafar ichki ishlar organlari xodimlarini orden va medal bilan mukofotlagan. Ular orasida marhum xodimlar ham bor.

TOSHKENT, 25 okt — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev ichki ishlar tizimi xodimlarini 25 oktyabr – Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari xodimlari kuni bilan muborakbod etdi.

Davlat rahbarining soʻzlariga koʻra, mustaqillik yillarida butun mamlakat qatori ichki ishlar organlari ham gʻoyat sharafli va masʼuliyatli yoʻlni bosib oʻtdi.

Soha xodimlarining jamoat tartibi va tinchlik-osoyishtalikni saqlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish borasidagi fidokorona xizmatini, ayniqsa ularning bugungi pandemiya sharoitida koʻrsatayotgan jonbozliklarini xalq yaxshi anglaydi va munosib qadrlaydi/

Prezident shiddat bilan oʻzgarayotgan bugungi murakkab zamonda dunyoning turli mintaqalarida hukm surayotgan notinch vaziyatlar, qurolli toʻqnashuvlar har birimizni doimo hushyor va ogoh boʻlishga undashini qayd etgan. Bunday sharoitda uyushgan transmilliy jinoyatchilik, terrorizm va ekstremizm, narkobiznes, korruptsiya kabi tahdidlarga qarshi samarali kurashish, ularga keskin zarba berish tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

“Hayotning oʻzi oldimizga qoʻyayotgan ana shunday oʻtkir, kechiktirib boʻlmas talablardan kelib chiqqan holda, ichki ishlar organlari faoliyati samaradorligini oshirish uchun quyidagi vazifalarga alohida eʼtibor qaratishimiz lozim:

birinchidan, ichki ishlar organlari uchun intellektual va professional bilim darajasi, maʼnaviy-axloqiy saviyasi yuqori boʻlgan kadrlar tayyorlash boʻyicha sifat jihatidan yangi tizimni joriy etish;

ikkinchidan, ichki ishlar organlarini, ayniqsa, profilaktika, jinoyat qidiruv, tergov, yoʻl-patrul va patrul-post xizmati hamda ekspert-kriminalistika boʻlinmalarini zamonaviy texnika, axborot kommunikatsiya tizimlari va maxsus vositalar bilan taʼminlashni yanada kuchaytirish;

uchinchidan, rivojlangan xorijiy davlatlarning ilgʻor tajribasini chuqur oʻrgangan holda, amaliy faoliyatga yangicha ish uslublari va mexanizmlarini, xususan, raqamli texnologiyalarni keng tatbiq etish;

toʻrtinchidan, xodimlar va ularning oilalarini ijtimoiy himoya qilish tizimini, jumladan, malakali tibbiy xizmat koʻrsatish, xizmat va dam olish sharoitlarini yanada yaxshilash, uy-joy va moddiy taʼminotini bosqichma-bosqich mustahkamlab borish;

beshinchidan, mamlakatimiz ichki ishlar organlarining shonli tarixini asrab-avaylash, soha xodimlari va faxriylarining kelgusi avlodlarga namuna boʻladigan jasoratini, koʻrsatgan ibrat namunalarini ommalashtirish, Vatanimiz mustaqilligi va el-yurtimiz osoyishtaligi yoʻlida aziz jonlarini fido qilgan xodimlarning xotirasini eʼzozlash va abadiylashtirish.

Agar davlat tayanadigan asosiy ustun qonun boʻlsa, uning kuchini amalda namoyon etadigan eng samarali tizim bu – ichki ishlar sohasi, desak, ayni haqiqat boʻladi”, - deyilgan Mirziyoyev tabrigida.

Shuningdek, prezident 43 nafar ichki ishlar organlari xodimlarini orden va medal bilan mukofotlagan. Jumladan, ular orasida marhum xodimlar ham bor.

Asosiy mavzular