07:13 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Siyosat
Havola olish
15510

Prezident farmoniga koʻra, 32 ta yirik davlat korxonalari va xoʻjalik birlashmalari transformatsiya qilinadi. 15 ta davlat koʻchmas mulk obʼyektlari xususiy sektorga sotiladi.

TOSHKENT, 28 okt — Sputnik. “Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni jadallashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston prezident farmoni qabul qilindi.

Farmon bilan:

- Transformatsiya qilinadigan yirik davlat korxonalari va xoʻjalik birlashmalari roʻyxati;

- Korporativ boshqaruv va moliyaviy audit joriy etiladigan, operatsion samaradorligi oshiriladigan davlat ishtirokidagi korxonalar roʻyxati;

- Xususiylashtirishdan oldin tayyorlash va investitsiyaviy jozibadorligini oshirishning manzilli dasturlari orqali ommaviy savdolarga chiqariladigan davlat aktivlari roʻyxati;

- Davlat aktsiya paketlari (ulushlari) toʻligʻicha ommaviy savdolar orqali xususiy sektorga sotiladigan korxonalar roʻyxati;

Xususiy sektorga sotiladigan davlat koʻchmas mulki obʼyektlari roʻyxati tasdiqlandi.

Farmonga koʻra, 32 ta yirik davlat korxonalari va xoʻjalik birlashmalari transformatsiya qilinadi. 15 ta davlat koʻchmas mulk obʼyektlari xususiy sektorga sotiladi.

Shuningdek, farmon bilan 274 ta davlat ulushlari bor korxona; 109 ta gazeta, nashriyot va jurnallar; 26 ta axborot texnologiyalari korxonalari va kompyuter xizmatlari koʻrsatish markazlari; 27 ta xususiy sektor rivojlangan sohadagi tibbiyot muassasalari; 12 ta yogʻ-moy sanoati korxonalari; 31 ta vinochilik tarmogʻi va sharob savdo korxonalari toʻliqligicha ommaviy savdolar orqali xususiy sektorga sotilishi belgilandi.

Davlat aktivlarini sotib oluvchilar toʻlovlarni qonunchilikda belgilangan tartibda boʻlib-boʻlib toʻlash sharti asosida amalga oshirishi mumkin.

Asosiy mavzular