16:21 04 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Siyosat
Havola olish
108 0 0

Bitimni Turkiya mudofaa vaziri general Hulusi Akar va Oʻzbekiston mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov imzoladi.

TOSHKENT, 28 okt — Sputnik. Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasida harbiy va harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish toʻgʻrisida bitim imzolandi.

Bitimni mamlakatga tashrif buyurgan Turkiya mudofaa vaziri general Hulusi Akar va Oʻzbekiston mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov imzoladi.

Muzokara davomida mudofaa vazirlari davlat rahbarlarining Oʻzbekistonga va Turkiyaga amaliy tashriflari davomida erishilgan natijalarga, shuningdek, harbiy sohada ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati, istiqboliga ham alohida eʼtibor qaratishdi.

“Muzokaralardan soʻng ikki davlat Mudofaa vazirligi rahbarlari Oʻzbekiston hamda Turkiya oʻrtasida harbiy va harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish toʻgʻrisidagi bitimni imzoladilar”, - deyilgan Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabarida.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Turkiya milliy mudofaa vaziri, armiya generali Hulusi Akarni qabul qilgani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular