22:34 27 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Siyosat
Havola olish
134 0 0

Shavkat Mirziyoyev Koreya prezidentining taklifiga binoan Seul shahrida videoanjuman shaklida boʻlib oʻtadigan Shimoliy iqtisodiy hamkorlik ikkinchi xalqaro forumida ishtirok etadi.

TOSHKENT, 29 okt — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 oktyabr kuni Seul shahrida videoanjuman shaklida boʻlib oʻtadigan Shimoliy iqtisodiy hamkorlik ikkinchi xalqaro forumida ishtirok etadi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qilmoqda

Ishtirok etish taklifi Koreya prezidenti Mun Chje In tomonidan bildirilgan. Tadbir kun tartibidan koronavirus pandemiyasi oqibatlarini birgalikda yengib oʻtish va xalqaro sheriklikni kengaytirish masalalari oʻrin olgan.

Taʼkidlanishicha, davlat rahbari oʻz nutqida mintaqaviy siyosatning eng dolzarb masalalari va oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollariga toʻxtalib oʻtadi.

Forum ishida Oʻzbekiston va Janubiy Koreya yetakchilari bilan bir qatorda Rossiya, Qozogʻiston, Turkmaniston, Moʻgʻuliston prezidentlari va boshqalar ishtirok etadi.

Teglar:
forum, Mun Chje In, Shavkat Mirziyoyev, Janubiy Koreya, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular