14:14 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Siyosat
Havola olish
27310

Samarqandda MDH shtab qoʻmondonlari hamdoʻstlik chegeralari doirasida yuzaga kelayotgan harbiy-siyosiy vaziyatni muhokama qilishadi.

TOSHKENT, 30 okt - Sputnik. MDH davlatlari Qurolli kuchlari shtab boshliqlari bugun 30 oktyabr kuni Samarqandda toʻplanib, Hamdoʻstlik chegeralari yaqinidagi harbiy-siyosiy vaziyatni muhokama qilishadi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Rossiya Mudofaa vazirligiga asosan.

“2020 yilning 30 oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Samarqand shahrida Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshligʻi armiya generali Valeriy Gerasimov boshchiligida MDH davlatlari Qurolli kuchlari shtab boshliqlarining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtadi”, - deyilgan xabarda.  

Majlisda Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Rossiya,  Tojikiston va Oʻzbekiston armiyalari shtab boshliqlari ishtirok etadi. Undan tashqari yigʻilishda MDH Ijroiya qoʻmitasi  delegatsiyalari hamda MDH Mudofaa vazirlari Kengashi Kotibiyati delegatsiyasi ishtirok etadi.  

Xabarda aytilishiga koʻra, “delegatsiya rahbarlari xavfsizlik va mudofaa borasida oʻzaro qiziqarli ahamiyatga ega boʻlgan masalalarini muhokama qilishadi, hamda MDH chegeralari doirasida yuzaga kelayotgan harbiy-siyosiy vaziyatni muhokama qilishadi”.

Asosiy mavzular