15:55 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Siyosat
Havola olish
167 0 0

Oʻzbekiston prezidenti Xitoy raisi Si Tszinpinning taklifiga binoan Import mahsulotlari uchinchi Xitoy xalqaro koʻrgazmasining ochilish marosimi ishtirokchilariga videoaloqa orqali tabrik soʻzi yoʻllaydi

TOSHKENT, 3 noya — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Import mahsulotlari uchinchi Xitoy xalqaro koʻrgazmasining ochilish marosimi ishtirokchilariga videoaloqa orqali tabrik soʻzi yoʻllaydi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Taklif Xitoy raisi Si Tszinpindan kelib tushgan. Koʻrgazma 4 noyabr kuni Shanxay shahrida boʻlib oʻtadi.

Davlati rahbari oʻzaro manfaatli savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishning eng muhim jihatlari hamda koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan inqirozli holatlarni birgalikda yengib oʻtish choralariga toʻxtaladi.

Tadbirda qator xorijiy mamlakatlar davlat va hukumat rahbarlari ham tabrik soʻzi bilan chiqishi kutilmoqda.

Asosiy mavzular