“O‘zbekkonsert” rahbari yana o‘zgardi

© Press-slujba Minkulturi Uzbekistana Tadjibayev Anvarjon naznachen vremenno ispolnyayushim obazannosti direktora “Uzbekkonserta”
 Tadjibayev Anvarjon naznachen vremenno ispolnyayushim obazannosti direktora “Uzbekkonserta” - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Konsert-tomosha faoliyatini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan Anvarjon Tojiboyev “O‘zbekkonsert”ga direktor bo‘ldi.

TOShKENT, 5 noya — Sputnik. O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov san’at ahli bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qildi.

Uchrashuv davomida  “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar muhokama qilindi.

“Madaniyat vazirligi Konsert-tomosha faoliyatini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan Anvarjon Tojiboyev “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi”, - deyilgan xabarda.

Anvarjon Tojiboyev faoliyati davomida “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi bosh direktor yordamchisi, O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi Ijodiy birlashmalar va xalq ijodiyotini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

Shuningdek, u Madaniyat vazirligi Ijodiy birlashmalarni rivojlantirish va ommaviy-madaniy tadbirlarni tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari vazifasida samarali mehnat qilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyun oyida Jamoldinov Alisher “O‘zbekkonsert” rahbari vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan edi.

Yangiliklar lentasi
0