22:01 27 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Siyosat
Havola olish
142 0 0

Abdulaziz Kamilov Toshkent shahriga amaliy tashrif bilan kelgan qirgʻizistonlik hamkasbi Ruslan Kazakbayev bilan uchrashdi. Uchrashuv yakunlari boʻyicha Qoʻshma bayonot qabul qilindi.

TOSHKENT, 5 noya — Sputnik. Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Toshkent shahriga amaliy tashrif bilan kelgan Qirgʻiziston tashqi ishlar vaziri Ruslan Kazakbayev bilan uchrashdi.

“Muzokaralar chogʻida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, transport-kommunikatsiya, suv xoʻjaligi va madaniy-gumanitar sohalarda Oʻzbekiston-Qirgʻiziston hamkorligining hozirgi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi”, - deyilgan Oʻzbekiston TIV matbuot xizmati xabarida.

Taʼkidlanishchia, vazirlar koʻp tomonlama tuzilmalar doirasidagi oʻzaro aloqalar, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro kun tartibini muhokama qildilar. Markaziy Osiyo mamlakatlari oʻrtasidagi hamkorlikning ijobiy surʼatini saqlab qolishdan ikki tomon ham birdek manfaatdor ekanligi maʼlum qilindi.

5 noyabrya 2020 goda sostoyalas vstrecha Ministra inostrannыx del Respubliki Uzbekistan Abdulaziza Kamilova i Ministra inostrannыx del Kыrgыzskoy Respubliki Ruslana Kazakbayeva
MID Uzbekistana
5 noyabrya 2020 goda sostoyalas vstrecha Ministra inostrannыx del Respubliki Uzbekistan Abdulaziza Kamilova i Ministra inostrannыx del Kыrgыzskoy Respubliki Ruslana Kazakbayeva

Tomonlar, shuningdek, koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish va pandemiyaning Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oʻrtasidagi munosabatlarga taʼsirini minimallashtirish boʻyicha birgalikdagi saʼy-harakatlar toʻgʻrisida fikr almashdilar.

TIV rahbarlari ikki tomonlama tadbirlarni davom ettirish, shu jumladan, Oʻzbekiston-Qirgʻiziston Hukumatlararo komissiyasining va ikki mamlakat chegaraoldi viloyatlari hokimlari (vakolatli vakillari) Kengashining navbatdagi yigʻilishini oʻtkazish muhimligini taʼkidladilar.

Uchrashuv yakunlari boʻyicha Qoʻshma bayonot qabul qilindi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq 5-6 noyabr kunlari kunlari Qirgʻiziston TIV rahbari Ruslan Kazakbayev boshchiligidagi delegatsiya amaliy tashrif bilan Oʻzbekistonda boʻlishi xabar qilingan edi.

Teglar:
hamkorlik, Ruslan Kazakbayev, Abdulaziz Kamilov, Qirgʻiziston, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular